calendar 26 Jul 10:20
eye 44
comments 0
comments Manba: xs.uz

Namanganda axborot texnologiyalari sohasi yangi bosqichga koʻtarildi

image
Matbuot anjumanida 'Synergy Hub Academy' xorijiy korxonasi va 'RealSoft Namangan' masʼuliyati cheklangan jamiyatlari loyihalarining taqdimoti oʻtkazildi. Birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasining 'Sinergiya' korporatsiyasi Namanganda raqamli kasblar texnikumi tashkil etgani haqida batafsil gap bordi.



' Mazkur texnikum Sinergiya universitetining Namanganda amalga oshirayotgan pilot loyihasi boʻlib, axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan kasblarni yoshlarga oʻrgatish maqsad qilingan, ' deydi 'Synergy Hub Academy' bosh direktori Iskander Tartikov. ' Toʻraqoʻrgʻon agrosanoat texnikumi negizida olib boriladigan qoʻshma taʼlim dasturiga joriy yilda 200 nafar talaba qabul qilinadi. Ikki yillik tahsildan soʻng ular bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining diplomlariga ega boʻladi. Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlariga mazkur yoʻnalishda, shuningdek, Sinergiya universitetiga 2-bosqichga qabul qilinish imtiyoziga ega boʻladi.

Matbuot anjumani ishtirokchilariga 'RealSoft Namangan' masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan 'Oson test' ' tez va qulay imtihon yaratish va uni boshqarish tizimi namoyish qilindi. Bundan tashqari, boshqa bir qator kompaniyalar oʻzlarining innovatsion dasturiy taʼminotlarini taqdim etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi

Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov

24 Aug 17:26
 
15
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

28 Jul 21:16
 
130
0
xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha

11 Aug 03:44
 
26
0
xs.uz

“Tashabbusli byudjet”: endi bir mahalla bir yilda ikki marta gʻolib deb topilmasligi mumkin

Unga koʻra, keng jamoatchilik va deputatlarning takliflarini inobatga olib amaldagi tartibga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Xususan, aholi soni kichik boʻlgan mahallalarning gʻolib boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda gʻolib boʻlib kelayotgan mahalla(tashkilot)larga tanaffus eʼlon qilish amaliyotini joriy etish koʻzda tutilmoqda.Bundan tashqari, endilikda xodimlarni majburiy ovoz toʻplashga jalb etish holatlarini bartaraf etish maqsadida o