calendar 02 Feb 10:27
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Fransiya olov ustiga moy sepmoqda – Aliyev

image

Fransiya Kavkazda buzg‘unchi siyosat olib borib, olovga moy sepish tamoyili asosida ish tutmoqda. Bu haqda bugun, 1 fevral kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungongni qabul qilish jarayonida aytib o‘tdi.

Ozarbayjon rahbari Parijni mintaqadagi buzg‘unchi siyosat va geosiyosiy intrigalarda aybladi.

“Fransiya mintaqada buzg‘unchi siyosat olib borar ekan, olovga moy quyish tamoyilidan kelib chiqib, Armanistonni harbiylashtirish siyosatini olib bormoqda va geosiyosiy intrigalar tashabbuskori hisoblanadi”, deya ta’kidladi u.

Aliyevning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya Kavkazda o‘z hukmronligini o‘rnatishga intilmoqda.

“Fransiya Janubiy Kavkaz mintaqasida yetakchi mavqega ega bo‘lishni va o‘z ta’sirini kuchaytirishni istaydi, ammo bu urinishlar mutlaqo besamar”, degan u.

Shuningdek, Ilhom Aliyev Fransiyani turli xalqaro tashkilotlar va parlamentlar darajasida Ozarbayjonga qarshi siyosat olib borishda ham aybladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 28 dekabr kuni Ozarbayjonning Parijdagi elchixonasi ikki xodimi Bakuning fransuz diplomatlariga nisbatan harakatlariga javoban persona non grata deb e’lon qilingan va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Ozarbayjon-Fransiya munosabatlarining hozirgi holati eng yomon darajaga yetganini aytgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
36
0
xs.uz

G7 mamlakatlari qayta qurollanishi uchun 10 trillion dollar boʻladi

G7 (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH) mamlakatlari qayta qurollanish uchun 10 yil davomida 10 trillion dollar kerak boʻladi.Kelgusi oʻn yil ichida G7 mamlakatlariga mojarolar va Xitoy tahdidi bilan bogʻliq davom etayotgan qayta qurollanish rejalarini amalga oshirish uchun oʻn trillion dollardan koʻproq mablagʻ kerak boʻladi. Bu haqda 'Bloomberg' xabar bermoqda.Harbiy rasmiylarga koʻra, mudofaa byudjetlari NATO rejalariga erishish uchun Sovuq urush d

23 Apr 03:36
 
33
0
xs.uz

Qozogʻiston 25 yoshgacha boʻlgan shaxslarga qimor oʻynashni taqiqlamoqchi

Deputat Elnur Beysenboyevning soʻzlariga koʻra, blogerlar va boshqa qozogʻistonliklarga bukmeykerlar va onlayn kazinolarni reklama qilish taqiqlanadi. Buning uchun ular 221 520 tenge (taxminan 6,3 million soʻm) jarimaga tortiladi.Qonun loyihasida quyidagi oʻzgartirishlar nazarda tutilgan:' 25 yoshga toʻlgan qozogʻistonliklar qimor oʻynashi mumkin boʻladi;' reestrdagi qarzdorlar uchun qimor oʻyinlarini taqiqlash joriy etildi;' bukmeykerlik idoralari va bukmeykerlik shoxobchalarining bin

10 May 13:30
 
26
0
qalampir.uz

Oliy Rada Ukrainada harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirdi

Ukraina Oliy Radasi harbiy holat va safarbarlikni 90 kunga uzaytirish masalasiga ovoz berdi. Mamlakat parlamenti ko‘pchilik ovozi bilan har ikki qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko Telegram-kanalida ma’lum qildi. “Rada harbiy holat va umumiy safarbarlikni 90 kunga uzaytirdi. Harbiy holatni uzaytirish uchun – 339 deputat, safarbarlikni davom ettirish uchun 336 deputat ovoz berdi”, deb yozdi Oliy Rada deputati. Bu h

11 Apr 13:56
 
42
0
qalampir.uz

Irlandiya tarixidagi eng yosh Bosh vazir saylandi

Kecha, 9 aprel kuni Saymon Xarris mart oyida kutilmaganda iste’foga chiqqan Leo Varadkarning o‘rniga Irlandiyaning eng yosh hukumat rahbari bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar beradi. Irlandiya Vakillar palatasi a’zolari Saymon Xarrisni mamlakatning yangi Bosh vaziri etib saylash uchun ovoz berdi. Xarrisning nomzodini Vakillar palatasidagi 160 deputatdan 88 nafari qo‘llab-quvvatladi, 69 nafari qarshi chiqdi.  Endi 37 yoshli Xarrisning nomzodini mamlakat Prezide