calendar 14 May 16:25
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bishimbayev sud hukmi ustidan shikoyat qilmoqchi

image

Kecha, 13 may kuni Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirgani uchun 24 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi. Biroq uning advokatlari sud hukmidan norozi va apellyatsiya shikoyati kiritmoqchi. Bu haqda advokatlardan biri Leyla Ramazonova “Orda.kz”ga bergan intervyusida ma’lum qildi

“Ha, biz shikoyat qilamiz. Albatta, biz hukmga rozi emasmiz. Hujjatlarni hali olmaganmiz, qanday rejalarimiz borligini ayta olmayman. Hukm e’lon qilinganidan keyin besh kundan kechiktirmay ularni qabul qilishimiz kerak”, deydi Leyla Ramazonova.

Ayni paytda jabrlanuvchining advokati Janna O‘razbaxova sud jarayonlaridan qoniqish hosil qilganga o‘xshaydi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida hakamlarga xolislik va adolatlilik uchun minnatdorlik bildirgan.

"Hakamlar hay’atida juda ko‘p ayollar bor edi, men ularning qanday azob chekayotganini ko‘rdim. Ishingiz uchun rahmat", deb yozgan u.

“Orda.kz” xabariga ko‘ra, fgar hukm o‘zgarishsiz qolsa, Bishimbayev jazoni Arshalidagi koloniyada o‘taydi.

Ma’lumot uchun, mazkur sud jarayonining dastlabki eshituvlari ikki oydan ortiq davom etdi. Natijada hakamlar hay’ati ko‘pchilik ovoz bilan hukm chiqardi: Kuandik Bishimbayev aybdor, u 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Baxitjan Bayjanov jinoyatni yashiringanligi uchun 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘ldirilgan Saltanat Nukenovaning ukasi Aytbek Amangeldi bu jazoni "amalda umrbod" deb atadi, chunki 24 yildan keyin Bishimbayev 68 yoshga to‘ladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
17
0
postda.uz

БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ

Кофеин аслида энергия бермайди. Бу шунчаки миянгиздаги аденозин, яъни чарчаганингизда буни сизга хабар берадиган рецепторларни вақтинчалик блоклайди холос...***Тошбақаларнинг танаси ва ички органлари қаримайди. Шунинг учун тошбақалар камдан-кам ҳолларда қариликдан ўлад

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish

09 Oct 14:45
 
14
0
xs.uz

Isroil hujumlari oqibatida Gʻazoda halok boʻlganlar soni 42 mingdan oshdi

2023-yilning 7-oktyabridan beri Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 42 mingdan oshgan, Bu haqda anklav sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.Vazirlik bayonotiga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektoridagi shifoxonalarda 45 kishi hayotdan koʻz yumgan va yana 130 nafar yaralangan inson olib kelingan.'Oʻtgan yilning 7-oktyabridan buyon halok boʻlganlar soni 42 010 nafarga yetdi, 97 720 nafari jarohat olgan', ' deyiladi bayonotda.2023-yil

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi