calendar 09 Oct 14:45
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroil hujumlari oqibatida Gʻazoda halok boʻlganlar soni 42 mingdan oshdi

image
2023-yilning 7-oktyabridan beri Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 42 mingdan oshgan, Bu haqda anklav sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlik bayonotiga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektoridagi shifoxonalarda 45 kishi hayotdan koʻz yumgan va yana 130 nafar yaralangan inson olib kelingan.

'Oʻtgan yilning 7-oktyabridan buyon halok boʻlganlar soni 42 010 nafarga yetdi, 97 720 nafari jarohat olgan', ' deyiladi bayonotda.

2023-yilning 7-oktyabr kuni Isroil Gʻazo sektoridan misli koʻrilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan soʻng Falastinning HAMAS harakati jangarilari Isroil hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata oʻt ochgan va 200 dan ortiq odamni garovga olgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu hujumlar oqibatida 1,2 ming nafarga yaqin odam halok boʻlgan.

Keyin Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida tinch aholi manzillariga hujumlarni oʻz ichiga olgan 'Temir qilichlar' operatsiyasini boshladi. Yahudiylar davlati anklavni toʻliq blokadaga olganini eʼlon qildi: suv, elektr energiyasi, yoqilgʻi, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish toʻxtatildi. Gʻazo sektori amalda janubiy va shimoliy qismlarga boʻlinib qoldi. Ayni paytda Isroil HAMASning soʻnggi tayanchi hisoblangan Rafahda quruqlikdan operatsiya oʻtkazmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 17:44
 
24
0
xs.uz

Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi

Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni'eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda 'Vegetarian' romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.Endi ertaga, 1

10 Oct 16:59
 
23
0
xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ik

24 Aug 17:27
 
32
0
xs.uz

Yunon neft tankeri Qizil dengizda hujumga uchradi

'Sounion' nomli Yunon neft tankeri Qizil dengizda bir nechta hujumlardan soʻng yonib ketdi. Bortida 25 ekipaj aʼzosi boʻlgan tankerga ikkita qayiqda oʻndan ortiq odam hujum qilgan. U Iroqdan Afinaga ketayotgan edi. Hujum vaqtida tanker Yamanning port shahri Hudeydadan 143 km gʻarbda boʻlgan. Ekipajda 23 nafar filippinlik va 2 nafar rossiyalik boʻlgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. Gretsiya Dengiz ishlari vaziri ushbu holatni xalqaro huquqning buzilishi va xalqaro yuk tashi

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a