calendar 23 Apr 03:36
eye 52
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qozogʻiston 25 yoshgacha boʻlgan shaxslarga qimor oʻynashni taqiqlamoqchi

image
Deputat Elnur Beysenboyevning soʻzlariga koʻra, blogerlar va boshqa qozogʻistonliklarga bukmeykerlar va onlayn kazinolarni reklama qilish taqiqlanadi. Buning uchun ular 221 520 tenge (taxminan 6,3 million soʻm) jarimaga tortiladi.

Qonun loyihasida quyidagi oʻzgartirishlar nazarda tutilgan:

' 25 yoshga toʻlgan qozogʻistonliklar qimor oʻynashi mumkin boʻladi;

' reestrdagi qarzdorlar uchun qimor oʻyinlarini taqiqlash joriy etildi;

' bukmeykerlik idoralari va bukmeykerlik shoxobchalarining binolar, inshootlar va transport vositalaridagi tashqi reklamasini, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida, davriy nashrlarda, kino, video va maʼlumotnoma xizmatlarida reklama joylashtirishni taqiqlash;

' shu bilan birga, bukmeyker idorasi va bukmeykerlik shoxobchasi joylashgan joyda, sport inshootlari ichida, sport anjomlari va sport teleradiokanallarida, sport tadbirlarini yoritishga ixtisoslashgan internet-resurslarda reklama joylashtirishga ruxsat etiladi;

' elektron kazinolar va onlayn kazinolar faoliyatini tashkil etganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish;

' 'elektron lotereya chiptasi' tushunchasi kiritiladi;

' turarjoy binolari va yotoqxonalarda, madaniyat tashkilotlari joylashgan alohida bino va inshootlarda, taʼlim muassasalarida, diniy binolar va inshootlarda lotereya chiptalarini tarqatish va terminallar oʻrnatish taqiqlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
19
0
xs.uz

Qurʼon kitobini yoqib eʼtirozlarga sabab boʻlgan shaxs ijtimoiy tarmoqdagi jonli efiri vaqtida otib ketildi

29-yanvar kuni tunda Shvetsiyaning Syodertelye shahri politsiyasiga hududdagi xonadonlardan birida oʻq uzilganligi yuzasidan favqulodda qoʻngʻiroq kelib tushgan. Bu haqida 'Blue News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, politsiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borishgan hamda koʻp qavatli bino xonadonlarining biridan 38 yoshli erkakning jasadini topishgan.Dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, oʻldirilgan shaxs muntazam Qurʼon kitobini yoqish bilan shugʻullangan Salvan Momika ekan

27 Jan 00:54
 
26
0
xs.uz

Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva

31 Jan 15:22
 
24
0
xs.uz

“Qiyomat kuni” soati millari oldinga surildi

Global tahdidlar darajasini ifodalovchi 'Qiyomat kuni' soati millari 'yadroviy tun' boshlanishiga 89 soniya (23:58:31) qolganini koʻrsatmoqda. Yangilangan soat taqdimoti 28-yanvar kuni tashkilotning 'Bulletin of the Atomic Scientists' jurnali tomonidan efirga uzatildi.Amerika jurnali ushbu soat orqali 1947-yildan buyon har yili yadroviy xavfsizlik, iqlim oʻzgarishlari, texnologiyalar taraqqiyoti va biologik tahdidlar bilan bogʻliq xatarlardan ogohlantirib keladi. Soat millarini oʻzgartirish

31 Jan 15:22
 
18
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa