calendar 27 Jun 09:28
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Iordaniya G‘azoga qo‘shin jo‘natmoqchi emas

image

Iordaniya Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiy Falastin anklavidagi vaziyatni mojarodan keyingi tartibga solish doirasida G‘azo sektoriga Iordaniya qo‘shinlarini yuborish imkoniyatini istisno qildi. Bu haqda u Afinada gretsiyalik mavqedoshi Yorgos Gerapetritis bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz G‘azoga Isroil ishg‘ol armiyasiga muqobil kuch sifatida qo‘shin yubormaymiz”, deydi as-Safadiy.

As-Safadiy Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning hukumati gumanitar falokat uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi.

"Netanyaxu va uning hukumati bu tajovuzni boshlab yubordi va biz ulardan keyin tozalash niyatimiz yo‘q", deydi u.

Iordaniya Bosh vaziri o‘rinbosari Isroilda arablar tinchlik o‘rnatish uchun sherik topa olmaganidan afsusda ekanligini bildirdi.

“Biz hozir mintaqada tinchlikni istamaydigan yahudiy davlati tarixidagi eng ekstremistik hukumatga duch keldik", deb ta’kidladi u.

Matbuot anjumanida as-Safadiy G‘azo sektorida harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi, chunki “tajovuzning davom etishi kollektiv xalqaro institutlarning sharmandali falaj ekanligini ko‘rsatadi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Iordaniya G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi va Falastin xalqi taqdirini hal etish va ularning qonuniy huquqlarini amalga oshirishni kafolatlaydigan kompleks yondashuv tarafdori.

“Ikki davlatning yonma-yon yashashi tamoyiliga asoslangan kelishuv zo‘ravonlikni to‘xtatishning yagona yo‘li, chunki mintaqada urushning avj olish xavfi real va kundan-kunga kuchayib bormoqda”, deydi Bosh vazir o‘rinbosari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 17:44
 
23
0
xs.uz

Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi

Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni'eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda 'Vegetarian' romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.Endi ertaga, 1

09 Oct 12:40
 
11
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

KXDR Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha yoʻllarni yopib qoʻydi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi 9-oktyabrdan boshlab oʻz hududini 'asosiy dushman' davlat Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish va toʻxtatib turish ishlarini olib borishini, shuningdek, mudofaa tuzilmalarini mustahkamlashini maʼlum qildi.Markaziy telegraf agentligida eʼlon qilingan Bosh shtab bayonotida aytilishicha, Koreya yarim orolidagi dushman kuchlarning qarama-qarshilik isteriyasi tobora kuchay

09 Oct 16:37
 
17
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek