Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi
Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtirganini maʼlum qilgan edi.
Isroil politsiyasi yirik port hisoblangan Hayfaga raketalar tushganini tasdiqladi. Mahalliy matbuot 10 kishi yaralanganini haqida xabarlar tarqatildi.
Isroil harbiylari Livandan Hayfaga beshta raketa uchirilganini bildirgan bayonotda zarbalarni tutib qoluvchi qurilmalar oʻqqa tutilgani, hududlarda snaryadlar aniqlanganini maʼlum qildi. Unda aytilishicha, Isroilning shimolidagi Jalila mintaqasidagi Tiberiyaga yana 15 ta raketa otilgan, ulardan baʼzilari tutib olingan. Politsiyaga koʻra, baʼzi binolar va mulklar vayron boʻlgan.
Isroil dushanba kuni tongda Rishon-Lezion va Palmaximning markaziy hududlarida sirenalar chalinganidan keyin sharqdan uchirilgan ikkita havo nishonini tutib olgan.
Isroil 'Hizbulloh'ni Bayrut markazidagi turar-joy binolari ostiga oʻz qoʻmondonlik markazlari va qurol-yarogʻlarini qasddan joylashtirganlikda ayblab keladi. Guruh esa tinch aholi orasida qurol saqlayotganini inkor etadi.
'Hizbulloh' 2023-yil 8-oktyabrda HAMAS bilan birdamlik sifatida Isroilga raketa otishni boshlagan edi. 'Hizbulloh' va Isroil oʻrtasidagi bir yillik otishmalardan soʻng Livanda mojaro sezilarli darajada kuchaydi.
Dushanba kuni isroilliklar HAMAS halokatli hujumining bir yilligini nishonladilar. Isroil maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning 7-oktyabr kuni HAMAS yetakchiligidagi askarlar 1200 nafarga yaqin odamni oʻldirgan va 250 nafarga yaqin insonni asirga olgan. Bugun, 7-oktyabr kuni Isroil boʻylab xavfsizlik kuchlari yuqori shay holatga keltirildi, harbiy va politsiya yillik munosabati bilan Falastinning ehtimoliy hujumlarini kutayotganini aytdi.
'HAMASning hujumi Isroilning Gʻazoga hujumini boshlab berdi, bu esa aholi zich joylashgan qirgʻoq anklavini vayron qildi va deyarli 42 ming kishining hayotiga zomin boʻldi', ' deydi Falastin sogʻliqni saqlash idoralari maʼlumotida.
Gʻazo urushi mintaqaviy mojaroga aylanib, Eronning 'Qarshilik oʻqi', 'Hizbulloh', Yaman husiylari, Iroq militsiya guruhlarini jalb qildi va Isroil hamda Eron oʻrtasida bir nechta toʻgʻridan-toʻgʻri qarama-qarshiliklarni keltirib chiqardi. Havo hujumlaridan Hasan Nasrullohning merosxoʻri sifatida koʻrilgan Hoshim Safiy ad-Din ham yoʻq qilingani aytilmoqda. Payshanba kunidan beri undan xabar yoʻq. Rasmiylarga koʻra, Isroilning zarbalari qutqaruvchilarning qidiruv missiyasini bajarishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Isroilning Livanga hujumlari 2 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin boʻldi. Hujumlarning aksariyati soʻnggi ikki hafta ichida amalga oshirildi. Shuningdek, Livan janubi, Bekaa vodiysi va Bayrutning janubiy chekkasidan bir milliondan ortiq odamning ommaviy qochib ketishiga sabab boʻldi.
Hizbulloh AQSHni “ogʻiz botirlik”da aybladi
Hizbulloh vakili Ibrohim al-Musaviyning taʼkidlashicha, tashkilot AQSH prezidentligiga qayta saylangan Donald Trampdan maxsus umid kutmayapti. Shunday boʻlsa-da, guruh Livan ' Isroil bilan toʻqnashuvlarning toʻxtashida Vashingtonning taʼsirini inkor eta olmaydi.Maʼlum boʻlishicha, Isroil armiyasi Hizbulloh inshootlari va harbiy obyektlarini nishonga olayotganini aytmoqda, lekin Livanda oʻlimlar soni ortib borayotgani bois koʻplab livanliklar buni tanlamay qilinayotgan xunrezlik deb hiso
Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 223 kishiga yetdi, 78 kishi bedarak yo‘qolgan
Ispaniyada suv toshqinlari oqibatida halok bo'lganlar soni 223 kishiga yetdi, bedarak yo'qolganlar soni 78 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Ispaniya transport vaziri Oskar Puente ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi. Ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlim holatlarining katta qismi mamlakat sharqidagi Valensiya avtonom jamiyatida - 215, Kastiliya-La-Manchada - 7 ta, Andalusiyada - 1 ta holat sodir bohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlgan. 48 kishining halok bohtml5-dom-docume
Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan. Pashtu-dari va ingliz tillarini biladi.Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida fao
Rossiya — Ukraina urushining 958-kuni. Frontda vaziyat qanday?
Rossiya Ukraina janubidagi Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga zarba berishi oqibatida kamida 6 kishi halok boʻldi. Bosh vazir oʻrinbosari Oleksiy Kuleba Panama bayrogʻi ostidagi konteyner kemasi soʻnggi toʻrt kun ichida mintaqadagi uchinchi hujumi tufayli zarar koʻrganini maʼlum qildi.Ukraina harbiylari Rossiyaning janubiy Krasnodar oʻlkasida 'Shahed' dronlari saqlanadigan bazaga zarba berganini aytmoqda. Bosh shtab bayonotiga koʻra, hujum dengiz kuchlari va SBU razvedka xizmati