Rossiya — Ukraina urushining 958-kuni. Frontda vaziyat qanday?
Ukraina harbiylari Rossiyaning janubiy Krasnodar oʻlkasida 'Shahed' dronlari saqlanadigan bazaga zarba berganini aytmoqda. Bosh shtab bayonotiga koʻra, hujum dengiz kuchlari va SBU razvedka xizmati tomonidan birgalikda amalga oshirilgan. Favqulodda xizmatlar taxmin qilingan hujum joyi atrofida katta yongʻin chiqqani haqida xabar bergan boʻlsa-da, Rossiya tomonida hozircha bu maʼlumotga rasmiy izoh yoʻq.
Ukraina Bryansk viloyatidagi raketa va artilleriya qurollari uchun oʻq-dorilar, shu jumladan Shimoliy Koreyadan olib kelingan oʻq-dorilar saqlanadigan Rossiya qurollari arsenaliga ham zarba berganini qoʻshimcha qildi. Keyinroq Bryansk hukumati portlovchi obyektlar portlashi ortidan favqulodda holat eʼlon qildi.
'Rossiya havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari gʻarbiy hududlarni nishonga olgan 47 ta Ukraina dronlarini yoʻq qildi', ' deya xabar bergan mamlakat mudofaa vazirligi. Mintaqa rasmiylari qurbonlar haqida maʼlumot yoʻqligini aytdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi oʻzining Kursk viloyatidagi Novaya Sorochina va Pokrovskiy qishloqlari Ukraina tomonidan avgust oyidagi kutilmagan hujumda qoʻlga kiritilganidan keyin qaytarib olinganini maʼlum qildi.
Siyosat va diplomatiya
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy janubi-sharqiy Yevropa yetakchilarining Xorvatiyada boʻlib oʻtgan sammitida 2025-yilda urushni toʻxtatish uchun hal qiluvchi choraga erishish mumkinligini taʼkidladi. Zelenskiy nimaga tayanib bunday deganiga izoh bermagan.
Ukrainaning Gʻarbdagi ittifoqchilarini Rossiya ichidagi harbiy nishonlarga uzoq masofaga moʻljallangan qurollardan foydalanishga ruxsat berishga chaqirayotgan Zelenskiy payshanba kuni Yevro boʻylab yigʻilishlarda Emmanuel Makron, Kir Starmer, Jorja Meloni va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan muzokaralar oʻtkazishi kerak.
Yevropa Ittifoqi elchilari Ukrainaga Rossiya markaziy bankining muzlatilgan aktivlari hisobidan 35 milliard yevro miqdorida kredit berish rejasini maʼqulladi.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Vengriya Rossiya bilan yaqin aloqalari natijasida Yevropa xavfsizligini xavf ostiga qoʻyganini aytdi. Unga koʻra, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevroparlamentda boʻlib oʻtgan munozarada Rossiyaga qarshi urushda Ukrainaga yordam berishda Yevropa Ittifoqi hamkorlariga qoʻshilishni istamagan.
Ukraina joriy yil oxirigacha yangi tinchlik sammiti tashkil etishni maqsad qilgan va bu safar Rossiyaning ishtirok etishini istaydi. U uchrashuvda Moskva bilan har qanday toʻgʻridan-toʻgʻri ikki tomonlama muzokaralarni istisno qilib, muhokama uchinchi tomon vositachilari orqali boʻlishi mumkinligini aytdi.
Hizbulloh AQSHni “ogʻiz botirlik”da aybladi
Hizbulloh vakili Ibrohim al-Musaviyning taʼkidlashicha, tashkilot AQSH prezidentligiga qayta saylangan Donald Trampdan maxsus umid kutmayapti. Shunday boʻlsa-da, guruh Livan ' Isroil bilan toʻqnashuvlarning toʻxtashida Vashingtonning taʼsirini inkor eta olmaydi.Maʼlum boʻlishicha, Isroil armiyasi Hizbulloh inshootlari va harbiy obyektlarini nishonga olayotganini aytmoqda, lekin Livanda oʻlimlar soni ortib borayotgani bois koʻplab livanliklar buni tanlamay qilinayotgan xunrezlik deb hiso
AQSH elchisi Bayrutga keldi
Oq uyning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan dushanba kuni 'Hizbulloh' va Isroil oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv loyihasi boʻyicha hali kelishuvga erisha olmaganliklarini, ammo AQSH hukumati bu oʻz yechimini topishga ishonch bildirgan.'Bizning fikrimizcha, Livan tomoni ham Isroil tomoni ham buni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan', ' degan u.Shuningdek, Sallivan isroilliklar anklavga har kuni yordam koʻrsatish uchun yangi yoʻnalish yaratishg
Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 158 kishiga yetdi
Ispaniyada kuchli yomgʻir va suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 158 nafarga yetgan. Bu haqda mahalliy '20minutos' nashri xabar tarqatdi.'DANA' boʻronidan eng koʻp jabr koʻrgan hududlarda qutqaruv xizmatlarining ishi muqarrar ravishda yomonlashgani bois fojia koʻlami chuqurlashib ketdi. Valensiya, Kastilya-La-Mancha va Andalusiya avtonom hududlarida kuchli boʻron oqibatida allaqachon 158 kishi halok boʻlgan. Ularning katta qismi, yaʼni 155 nafari Valensiya provinsiyasida hal
Grenlandiyada chuchuk suv ombori hosil boʻlmoqda
Niderlandiya va Xitoydan kelgan xalqaro olimlar guruhi Grenlandiyadagi muz qatlamida yangi tadqiqot oʻtkazdi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, u katta chuchuk suv omboriga aylangan.Issiq yoz oylarida muz qatlamida erigan suv toʻplanadi. Olimlar yangi texnologiyalar yordamida uning miqdorini hisoblab chiqdilar.Tadqiqotda bir necha oʻnlab stansiyalardan iborat Grenlandiya GPS tarmogʻi ishtirok etdi. Qayd etilishicha, suvning toʻplanishi iyul oyida eng yuqori choʻqqisiga chiqadi va keyin asta-se