calendar 11 Nov 03:18
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Hizbulloh AQSHni “ogʻiz botirlik”da aybladi

image
Hizbulloh vakili Ibrohim al-Musaviyning taʼkidlashicha, tashkilot AQSH prezidentligiga qayta saylangan Donald Trampdan maxsus umid kutmayapti. Shunday boʻlsa-da, guruh Livan ' Isroil bilan toʻqnashuvlarning toʻxtashida Vashingtonning taʼsirini inkor eta olmaydi.

Maʼlum boʻlishicha, Isroil armiyasi Hizbulloh inshootlari va harbiy obyektlarini nishonga olayotganini aytmoqda, lekin Livanda oʻlimlar soni ortib borayotgani bois koʻplab livanliklar buni tanlamay qilinayotgan xunrezlik deb hisoblamoqda.

Qayd etish kerakki, oktyabr oyidan buyon Isroil hujumlarida 3 mingdan ortiq odam halok boʻldi. Bu hujumlar asosan Livanning janubiy va sharqiy hududlarida amalga oshirilmoqda. AQSH Isroil va Hizbulloh oʻrtasidagi toʻqnashuvlarni toʻxtatish uchun diplomatik choralar koʻrdi, ammo bu harakatlar hozircha muvaffaqiyatsiz boʻldi.

Трампнинг қайта сайланиши ҳам ушбу минтақадаги вазиятни қандай ўзгартиришига аниқлик киритмади.'Avvalroq, Trampning kuyovi Massad Boulos esa Livan bilan muzokaralarni olib borish uchun Trampning elchisi sifatida ishlashini maʼlum qilgandi.

Livanliklarga koʻra, Isroil hujumlari nafaqat ularning hayotini, balki madaniy merosini ham yoʻqotishga olib kelgan. Payshanba kuni Isroil havo zarbalari Livandagi Sidon shahri kirishidagi harbiy nazorat punkti yaqinidagi avtomobilni nishonga olgan va uch kishi halok boʻlgandi.

Shuningdek, Isroil bombardimonlari Livanning tarixiy Baalbek shahridagi qadimiy Usmonli davriga oid bino hamda tarixiy yodgorliklarni ham zarar yetkazgan. Bu hujumlar UNESCO roʻyxatidagi qadimiy Grek-Rum va Finikiya ibodatxonalari yaqinida amalga oshirilgan. Bu hudud odatda sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan madaniy markaz hisoblanardi.

BMTning tinchlikparvar kuchlari UNIFIL, Sidondagi dron zarbasi natijasida beshta tinchlikparvar askar yengil jarohatlanganini ham bildirdi. Bu hodisalar mintaqadagi keskinlikni yanada oshirmoqda. Hizbulloh AQSHni vaziyatni oʻzgartirish uchun faol chora koʻrishga chaqirmoqda. Xususan, guruh AQSHni 'ogʻiz botirlik' qilmasdan, amaliy harakatlarga chaqirdi.

Avvalroq,'yuridik shaxslar soni yarim milliondan oshgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:50
 
25
0
xs.uz

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari faollashgan

Rossiya ' Ukraina urushiga 977 kun boʻldi. Rossiya Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga bir kechada uyushtirgan bombardimonlaridan soʻng kamida toʻrt kishi halok boʻldi. Xarkov Rossiya chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan va bir necha bor Moskva havo hujumlari nishoniga olingan.Avvalroq, Xarkovga qilingan hujumda olti kishi jarohatlangan va shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgan, 1920-yillarda qurilgan Derjprom binosining katta qismi vayron qilingan edi.Ukr

18 Nov 04:58
 
10
0
xs.uz

Isroil Livandagi quruqlik harbiy amaliyotini kengaytirgan

Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning aytishicha, Isroilning Livan janubidagi quruqlik harbiy amaliyoti kengaytirilgan.Katz operatsiyalarni kengaytirish toʻgʻrisidagi qaror qachon qabul qilinganiga aniqlik kiritmadi va bu nimaga olib kelishi haqida hech qanday maʼlumot bermagan. Isroil oʻtgan oy boshida 'Hizbulloh'ni Livan janubidan chiqarib yuborish uchun cheklangan quruqlikdagi operatsiyani boshlagan edi.'Biz Livan janubida quruqlikdagi manyovrni kengaytirdik va Bayrutning Dahiye tumanida,

09 Oct 12:36
 
35
0
postda.uz

Бугун 21 сентябрь – Халқаро тинчлик куни

Кун тарихиБМТ Бош Ассамблеясининг 2001 йил 7 сентябрдаги тегишли резолюциясига кўра, 21 сентябрь – Халқаро тинчлик куни деб эълон қилинган. Ушбу сана ҳар йили жаҳон миқёсида кенг нишонлаб келинмоқда.Шу куни дунёдаги барча халқлар ва давлатларга ўт очиш ва зўравонликни тў

09 Oct 12:40
 
42
0
xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga