'Bizning fikrimizcha, Livan tomoni ham Isroil tomoni ham buni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan', ' degan u.
Shuningdek, Sallivan isroilliklar anklavga har kuni yordam koʻrsatish uchun yangi yoʻnalish yaratishga rozi boʻlganini bildirdi. Bu esa yordamni sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi fonida AQSH elchisi Amos Xochshteyn Bayrutga kelganini yozdi Livan davlat axborot agentligi. Uning safari Isroil va 'Hizbulloh' oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilgani belgisi sifatida koʻrilmoqda, biroq bu kelishuv yaqinlashib qolganini anglatmaydi.
Livan Bosh vaziri Najib Makatining soʻzlariga koʻra, Bayrut AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlangan urushni toʻxtatish taklifiga ijobiy javob bergan. Lekin muzokaralardan xabardor boʻlgan Isroil manbasi yaqinlashib kelayotgan kelishuv ehtimolini shubha ostiga olib, kelishuv buzilgan taqdirda Isroilning guruhga hujum qilish haqidagi talabiga 'Hizbulloh' rozi boʻlmasligi mumkin.
Yevropa davlat vazirlari Polshada yigʻiladi. Ular nimani gaplashmoqchi?
Bugun Rossiya-Ukraina urushiga 994 kun toʻldi. Rossiya havo kuchlari Ukrainaning Qora dengizdagi Odessa porti va yaqinidagi uy-joy va elektr inshootlariga zarba berishi oqibatida bir kishi halok boʻlib, sakkiz kishi jarohatlandi. Shuningdek, isitish uchun ishlatiladigan qozonxona ishdan chiqqan.Rossiya askarlari 2022-yil sentyabr oyidan beri birinchi marta Ukrainaning shimoli-sharqidagi Kupyansk shahri chekkasiga qisqa vaqt ichida bostirib kirdi. Bu Ukrainaga bosim kuchayib borayotgani belgisi
Isroil 24 soat ichida “Hizbulloh” va HAMASning 200 ta nishoniga zarba berdi
Isroil mudofaa kuchlari 24 soat ichida 'Hizbulloh' va HAMAS harakatlarining Livan va Gʻazo sektoridagi 200 dan ortiq nishonlariga zarbalar bergan. Bu haqda yahudiy davlati qurolli kuchlari matbuot xizmati xabar tarqatdi.'Isroil harbiy-havo kuchlari oʻtgan kun davomida Gʻazo sektoridagi HAMAS va Livan janubidagi 'Hizbulloh'ga tegishli 200 dan ortiq terror nishonlariga, jumladan, qoʻmondonlik va nazorat markazlari, uchirish maydonchalari va terrorchilar infratuzilmasiga zarba berdi', ' deyilad
Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi
Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni'eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi.Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda 'Vegetarian' romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.Endi ertaga, 1