Isroil 24 soat ichida “Hizbulloh” va HAMASning 200 ta nishoniga zarba berdi
'Isroil harbiy-havo kuchlari oʻtgan kun davomida Gʻazo sektoridagi HAMAS va Livan janubidagi 'Hizbulloh'ga tegishli 200 dan ortiq terror nishonlariga, jumladan, qoʻmondonlik va nazorat markazlari, uchirish maydonchalari va terrorchilar infratuzilmasiga zarba berdi', ' deyiladi bayonotda.
Matbuot xizmatining qoʻshimcha qilishicha, payshanba kuni Isroil armiyasi mamlakat shimolidagi Ha-Mifrats tumaniga oʻq uzgan raketani yoʻq qilgan. Livan janubida oʻtkazilgan reydlar davomida esa bir nechta 'Hizbulloh' jangarilari, qurol-yarogʻlar, transport infratuzilmasi obyektlari yoʻq qilingan.
Bayonotda Isroil harbiylarining Gʻazo sektoridagi faoliyati ham tilga olingan. Qayd etilishicha, Falastin anklavining shimolidagi Jabaliya hududida quruqlikdagi janglar va havo hujumlarida oʻnlab radikallar halok boʻlgan. Sektorning markaziy qismida ham qurollangan falastinliklar oʻldirilgan. Rafah hududida isroillik harbiylar tunnel bilan jihozlangan harbiy inshootda harakat qilayotgan falastinlik jangchilarni aniqlagan va shundan soʻng binoga havo hujumi uyushtirilgan.
Shu yilning 1-oktyabridan beri Isroil Livan janubida 'Hizbulloh' kuchlariga qarshi quruqlikdagi operatsiyani olib bormoqda va qoʻshni davlatni havodan bombardimon qilishda davom etmoqda. Bu yerda allaqachon 2,6 mingdan ortiq odam, jumladan, shia harakati yetakchilari halok boʻlgan, bir milliondan ortiq odam esa oʻz yashash manzillarini tashlab ketishga majbur boʻlgan. Yoʻqotishlarga, jumladan, qoʻmondonlik tarkibiga qaramay, 'Hizbulloh' quruqlikdagi janglarni olib bormoqda va Isroil hududiga raketa hujumlarini toʻxtatmayapti.
2023-yil 7-oktyabr kuni Isroil Gʻazo sektoridan misli koʻrilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan soʻng Falastinning HAMAS harakati jangarilari chegara hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata oʻt ochgan va 200 dan ortiq kishini garovga olgan. Rasmiylarga koʻra, Isroil tomonida 1,2 mingga yaqin odam halok boʻlgan.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari 'Temir qilichlar' operatsiyasini boshladi, jumladan, tinch aholi nishonlariga hujumlar uyushtirildi va Gʻazo sektori toʻliq qamal qilinganini eʼlon qildi: suv, elektr energiyasi, yoqilgʻi, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish toʻxtatildi. Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mojaro boshlanganidan beri 42 mingdan ortiq falastinlik halok boʻlgan, 100 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan. Pashtu-dari va ingliz tillarini biladi.Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida fao
Misr Gʻazoda 2 kunlik sulh oʻrnatish boʻyicha taklif bilan chiqdi
Yakshanba kuni Qohirada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida As-Sisi 48 soatlik janglar va mahbuslar almashinuvi ortidan kelasi 10 kun ichida koʻproq muzokaralar olib borilishini maʼlum qildi va muzokarachilar tinchlik kelishuviga erisha oladi degan umidda.HAMAS tomonidan 2023-yil 7oktyabr kuni Isroil hududidagi hujum paytida qoʻlga olingan 251 asirdan 97 nafari Gʻazoda saqlanmoqda, jumladan, Isroil harbiylari ularning 34 nafari halok boʻlganini daʼvo qilmoqda. Oʻtgan noyabr oyida bir hafta
Isroil Livandagi quruqlik harbiy amaliyotini kengaytirgan
Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning aytishicha, Isroilning Livan janubidagi quruqlik harbiy amaliyoti kengaytirilgan.Katz operatsiyalarni kengaytirish toʻgʻrisidagi qaror qachon qabul qilinganiga aniqlik kiritmadi va bu nimaga olib kelishi haqida hech qanday maʼlumot bermagan. Isroil oʻtgan oy boshida 'Hizbulloh'ni Livan janubidan chiqarib yuborish uchun cheklangan quruqlikdagi operatsiyani boshlagan edi.'Biz Livan janubida quruqlikdagi manyovrni kengaytirdik va Bayrutning Dahiye tumanida,
Pokistondagi vokzal yaqinida portlash: 20 dan ortiq odam halok boʻldi
Pokistonning Kvetta shahridagi vokzal yaqinida yuz bergan portlashda kamida 21 kishi halok boʻldi, 30 kishi jarohat oldi. Poyezd kelishidan oldin vokzal kassasida portlash sodir boʻlgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin, deydi rasmiylar. Jabrlanganlar shahar shifoxonasiga yetkazilgan. Kvettada favqulodda holat eʼlon qilindi. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Asosiy versiyalar orasida terakt ham bor. Pokiston oʻzining dastlabki yillaridanoq turli siyosiy kuchlar hukumatlari t