calendar 29 Oct 20:50
eye 21
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi

image
Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.

Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan. Pashtu-dari va ingliz tillarini biladi.

Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

Qobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012-yillarda esa Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

Oybek Usmonov 2012-2024-yillarda Kobulda elchi boʻlib ishlagan Yodgorxoʻja Shodmanov oʻrniga tayinlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:58
 
6
0
xs.uz

Yerga yaqinlashgan asteroid yonib ketdi

Olimlar kichik asteroidni Yer atmosferasida yonib ketishidan ikki soat oldin topdilar. U sayyoramiz tomon uchayotgan samoviy jismlarni kuzatuvchi monitoring tizimlarini chetlab oʻtishga muvaffaq boʻldi. Asteroidga 2024 UQ nomi berildi. Uning diametri 1 metrdan oshmagani uchun u hech qanday xavf tugʻdirmadi. 22-oktabr kuni asteroid 'Asteroid oxirgi ogohlantirish tizimi' (ATLAS) tomonidan aniqlangan. Bu Gavayidagi toʻrtta teleskopdan iborat tarmoq boʻlib, ular doimiy ravishda osmonni ha

29 Oct 20:50
 
24
0
xs.uz

“Dahshatli“, “gʻayritabiiy“, “halokatli oqibatlarga olib keladi” — Xalqaro hamjamiyat Isroilning UNRWA faoliyatini taqiqlashini keskin qoralab chiqdi

Isroil parlamentining Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlashi halokatli oqibatlarga olib keladi.Bu fikrlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi.Dushanba kuni Isroil Knesseti (parlamenti) BMTning Yaqin Sharq agentligining Isroilda, shuningdek, u nazorat qiladigan hududlarda faoliyatini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihalarini m

20 Nov 01:37
 
14
0
xs.uz

Ukrainaga Rossiya hududiga chuqur zarbalar berishga ruxsat berildi. Rossiyaning qanday obyektlari zarba nishoni boʻlishi mumkin?

AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiyaga zarba berish uchun ATACMS ballistik raketalaridan foydalanishga ruxsat berdi. Fransiya va Buyuk Britaniya esa bu maqsadlarda uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalardan foydalanishga ruxsat berishi mumkin. 300 kilometrgacha masofani bosib oʻtishga ega qurol avvalroq faqat dronlar tahdid qilgan Rossiya hududlariga yetib bora oladi.'Kiyevga berilgan uzoq masofali qurollar nimaga qodir? Bu raketalar bilan Rossiyaning qaysi hududlari va qanday obyektlar

18 Nov 04:58
 
5
0
xs.uz

Kim Chen In jangovar dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni buyurdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In jangovar dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni buyurdi. Davlat matbuotiga koʻra, bu qaror Rossiya bilan harbiy aloqalarning kuchayishi fonida qabul qilingan. Shimoliy Koreya avgust oyida ilk marta jangovar dronlarini namoyish etgan edi. Bu esa Rossiya bilan texnologiya almashinuvi ehtimolini kuchaytirdi. Bu haqda 'France 24'xabar berdi.Qayd etish kerakki, Shimoliy Koreya yaqinda Rossiya bilan muhim mudofaa shartnomasini imzolagandi. Bundan tashqari, Pxenyan Uk