calendar 10 May 13:30
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Oliy Rada Ukrainada harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirdi

image

Ukraina Oliy Radasi harbiy holat va safarbarlikni 90 kunga uzaytirish masalasiga ovoz berdi. Mamlakat parlamenti ko‘pchilik ovozi bilan har ikki qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Rada harbiy holat va umumiy safarbarlikni 90 kunga uzaytirdi. Harbiy holatni uzaytirish uchun – 339 deputat, safarbarlikni davom ettirish uchun 336 deputat ovoz berdi”, deb yozdi Oliy Rada deputati.

Bu harbiy harakatlar boshlanganidan beri harbiy holat va safarbarlikning o‘n birinchi marta uzaytirilishidir.

Ma’lumot uchun, Ukraina bo‘ylab harbiy holat 2022 yil 24 fevraldan boshlab amal qiladi. Ertasi kuni, 2022 yil 25 fevralda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qoidalar bir necha bor uzaytirildi. Shu yilning 16 aprel kuni Vladimir Zelenskiy safarbarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:50
 
13
0
xs.uz

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari faollashgan

Rossiya ' Ukraina urushiga 977 kun boʻldi. Rossiya Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga bir kechada uyushtirgan bombardimonlaridan soʻng kamida toʻrt kishi halok boʻldi. Xarkov Rossiya chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan va bir necha bor Moskva havo hujumlari nishoniga olingan.Avvalroq, Xarkovga qilingan hujumda olti kishi jarohatlangan va shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgan, 1920-yillarda qurilgan Derjprom binosining katta qismi vayron qilingan edi.Ukr

29 Oct 20:50
 
16
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Shveysariyadagi elchisi tayinlandi

Dilshod Axatov Oʻzbekistonning Shveysariyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, elchi joriy yilning 25-oktyabr kuni Shveysariya prezidenti Viola Amerdga ishonch yorliqlarini topshirgan.Uchrashuvda Prezident soʻnggi yillarda mamlakatlar oʻrtasida yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalar sezilarli faollashganini taʼkidlagan. U Shveysariya hukumati Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni toʻliq qoʻllab-qu

29 Oct 20:50
 
12
0
xs.uz

“Dahshatli“, “gʻayritabiiy“, “halokatli oqibatlarga olib keladi” — Xalqaro hamjamiyat Isroilning UNRWA faoliyatini taqiqlashini keskin qoralab chiqdi

Isroil parlamentining Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlashi halokatli oqibatlarga olib keladi.Bu fikrlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi.Dushanba kuni Isroil Knesseti (parlamenti) BMTning Yaqin Sharq agentligining Isroilda, shuningdek, u nazorat qiladigan hududlarda faoliyatini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihalarini m

29 Oct 20:50
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi

Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan. Pashtu-dari va ingliz tillarini biladi.Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida fao