calendar 14 May 17:44
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Patrushev Putinning yordamchisiga aylandi

image

FXXning sobiq direktori va Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Nikolay Patrushev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi etib tayinlandi. Tegishli farmon Kreml saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, shu paytgacha Tula viloyatini boshqargan Aleksey Dyumin ham Prezident yordamchisi lavozimini egallagan.

Boshqalar qatorida sobiq ta’lim vaziri Andrey Fursenko va Madaniyat vazirligining sobiq rahbari Vladimir Medinskiy ham Prezident yordamchilari etib tayinlangan.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti ma’muriyatida ham tayinlovlar e’lon qilingan. Avvalroq Putinning yordamchisi bo‘lgan Maksim Oreshkin ma’muriyat rahbari o‘rinbosari bo‘ldi. Putin apparati rahbari lavozimini yana Anton Vayno egallagan.

Kreml voizi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Nikolay Patrushev kemasozlik, Aleksey Dyumin mudofaa sanoati, sport va davlat kengashi, Vladimir Medinskiy tarix va madaniyat, Maksim Oreshkin esa iqtisodiyot va transport sohasini boshqaradi.

Ma’lumot uchun, Nikolay Patrushev 1999-2008 yillarda FXXni boshqargan, keyin esa 16 yil davomida Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lgan. Vladimir Putin uni 2024 yilning may oyida, beshinchi marta prezidentlik lavozimiga kirishgach, lavozimidan ozod qilgan edi. Patrushev o‘rniga Sergey Shoygu tayinlangan.

Nikolay Patrushevning o‘g‘li Dmitriy Patrushev Putin inauguratsiyasidan keyin Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
35
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

08 Jun 02:27
 
38
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

17 May 21:47
 
55
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

04 Jun 02:45
 
136
0
xs.uz

Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi

Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Chtml5-dom-document-internal-entity2-39-endga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar