calendar 01 Feb 05:01
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 11 foizga qisqardi

image
Statistika agentligi tomonidan oʻtkazilgan 16 mingta uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga koʻra, mamlakatimizda kambagʻallik darajasi 2023-yil yakunida 11,0 foizgacha pasaydi.

Mamlakatimizda oʻtgan yilga nisbatan 3,1 foizga kambagʻallik qisqargan. 2022-yil natijalarida kambagʻallik darajasi 14 foizni tashkil etgan. Jarayon Jahon banki ekspertlari tomonidan tekshirildi.

Kambagʻallikning pasayishi barcha viloyatlarda qayd etildi:

Sirdaryo (19,5% dan 13,8% gacha), Andijon (17,4% dan 11,9% gacha) viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda (19,9% dan 13,7% gacha) sezilarli darajada qisqargan.

Minimal oʻzgarishlar Toshkent shahri (8,5% dan 7,9% gacha) va Buxoro (11.9% dan 11,8% gacha), Qashqadaryo (12,7% dan 11,5% gacha) viloyatlarida aniqlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
38
0
xs.uz

Oyoq ostidagi neʼmat

Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m

17 May 21:46
 
61
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash

01 Jul 04:28
 
1
0
xs.uz

Oʻzbekiston BMT “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi

Xususan, Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti 'Yoshlar ' 2030' strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirgani qayd etildi.Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.Buxoro shahri Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, Toshkent shahri Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi yoshlari poytaxti maqomini oldi.Shu kunlarda yurtimizda oʻtkazilayotgan Global yoshlar festivalida 30 dan ortiq davlatdan

13 May 14:37
 
150
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga