Oʻzbekiston BMT “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi

Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.
Buxoro shahri Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, Toshkent shahri Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi yoshlari poytaxti maqomini oldi.
Shu kunlarda yurtimizda oʻtkazilayotgan Global yoshlar festivalida 30 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafardan ziyod yoshlar, 10 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Prezident ushbu forum nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo yoshlari uchun samarali hamkorlik va oʻzaro tajriba almashish maydoni boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Davlat rahbari shuningdek, bugun 'Kreativ iqtisodiyot', 'Raqamli yashil tashabbuslar', 'Yoshlar tadbirkorligi va startaplar' va 'Yosh innovatorlar' maydonchalaridagi oʻgʻil-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz ' Yangi Oʻzbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin boʻlganini taʼkidladi.
'Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutugʻingiz bu ' koʻp millatli butun xalqimizning yutugʻidir.
Azmu shijoatingiz, sogʻlom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz ' millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir', dedi davlatimiz rahbari.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi.'Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.Barcha tomonlarni toʻliq
Senatda AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-yil 5-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general Bobbi Jinn boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, xavfsizlik sohasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston va AQSH munosabatlarining bugungi holatini muhokama qilar ekan, hamkorlik aloqal
MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel