calendar 27 Jan 18:12
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Britaniya neft tankeri husiylarning hujumi oqibatida yonib ketdi

image

Yaman husiylari Adan ko‘rfazida Britaniya neft tankeriga hujum uyushtirganini e’lon qildi. Bu haqda BBC yozmoqda.

“Adan ko‘rfazida husiylar uni raketa bilan urganlaridan keyin neft tankeri yonmoqda”, deyiladi xabarda,

Yamandagi husiylar harakati kecha kechqurun Marlin Luanda'ga zarba berganini bildirgan.

BBC'ga ma’lum qilinishicha, zarba oqibatida kemaning yuk sisternalaridan birida yong‘in kelib chiqqan va uni o‘chirishda yong‘in o‘chirish texnikasi qo‘llanilgan.

AQSH harbiylari husiylar tankerni kemaga qarshi ballistik raketa bilan urganini va dengiz floti kemalari uning favqulodda chaqiruviga javob berishini aytgan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Tanker Marshall orollari bayrog‘ini ko‘taradi va Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan Trafigura ko‘p millatli savdo kompaniyasi tomonidan boshqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika qo‘shinlari Yamandagi husiylarning kemaga qarshi raketasini nishonga olgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 16:16
 
17
0
xs.uz

Rossiya — Ukraina urushining 958-kuni. Frontda vaziyat qanday?

Rossiya Ukraina janubidagi Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga zarba berishi oqibatida kamida 6 kishi halok boʻldi. Bosh vazir oʻrinbosari Oleksiy Kuleba Panama bayrogʻi ostidagi konteyner kemasi soʻnggi toʻrt kun ichida mintaqadagi uchinchi hujumi tufayli zarar koʻrganini maʼlum qildi.Ukraina harbiylari Rossiyaning janubiy Krasnodar oʻlkasida 'Shahed' dronlari saqlanadigan bazaga zarba berganini aytmoqda. Bosh shtab bayonotiga koʻra, hujum dengiz kuchlari va SBU razvedka xizmati

09 Oct 16:37
 
21
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek

20 Sep 00:23
 
23
0
xs.uz

Rossiyaning muhim aviabazasida portlash sodir boʻldi. Bunda Ukrainaning qoʻli bormi?

Rossiyaning Saratov viloyatida joylashgan aviabazasida strategik bombardimonchi samolyotlar joylashgan joyda kuchli portlashlar sodir boʻldi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Moskvadan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan 'Engels-2' aviabazasida Rossiyaning yadroviy va uzoq masofali raketalarni tashishga qodir 'Tu-95' va 'Tu-160' bombardimonchi samolyotlari joylashgan. Portlashlar bir kechada sodir boʻlgan, ammo portlashlar sabablari hali aniq emas.Bir qancha mahalliy

03 Sep 21:35
 
30
0
xs.uz

Qozogʻistondagi AES qurilishi boʻyicha referendum sanasi eʼlon qildi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev mamlakatda atom elektr stansiyasi (AYES) qurilishi boʻyicha referendum sanasini eʼlon qildi. Bu haqda 'Report.az' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, respublika parlamenti ikki palatasining yigʻilishida ushbu qaror maʼlum qilingan.'6-oktyabr kuni referendum boʻlib oʻtadi', dedi Toʻqayev Qozogʻiston xalqiga murojaati chogʻida. Bir hafta oldin hukumat ushbu masala boʻyicha Energetika vazirligi loyihasini qabul qilgandi.Qayd etilishicha, Qosi