calendar 03 Sep 21:35
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qozogʻistondagi AES qurilishi boʻyicha referendum sanasi eʼlon qildi

image
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev mamlakatda atom elektr stansiyasi (AYES) qurilishi boʻyicha referendum sanasini eʼlon qildi. Bu haqda 'Report.az' xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, respublika parlamenti ikki palatasining yigʻilishida ushbu qaror maʼlum qilingan.

'6-oktyabr kuni referendum boʻlib oʻtadi', dedi Toʻqayev Qozogʻiston xalqiga murojaati chogʻida. Bir hafta oldin hukumat ushbu masala boʻyicha Energetika vazirligi loyihasini qabul qilgandi.

Qayd etilishicha, Qosim-Joʻmart Toʻqayev imzo chekkan va sana eʼlon qilinganidan keyin hujjat Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) yuboriladi. Oʻz navbatida, MSK referendumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ish boshlaydi.

Xitoyning KNNK, Koreyaning KHNP, Rossiyaning 'Rosatom' va Fransiyaning EDF kompaniyalari Qozogʻistonda atom elektr stansiyalarini qurish boʻyicha toʻrtta kompaniya oʻz texnologiyalarini taklif qilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

14 Aug 06:38
 
14
0
xs.uz

“Hizbulloh”ning zarbasi, Yaqin Sharqdagi shaylik va Zaporojyeda yongʻin (video)

AQSH Yaqin Sharqqa suvosti kemalarini joʻnatmoqdaAQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa atom suvosti kemasini joʻnatib, tezroq yetib borishga buyruq berdi. Shuningdek, u 'Abraham Lincoln' samolyotlar tashuvchi kemasini yoʻnaltirishni tezlashtirishga chaqirgan. Samolyot bortida F-35 va F/A-18 qiruvchi samolyotlari borligi maʼlum. Bu harakat HAMAS va 'Hizbulloh' yetakchilarining oʻldirilishidan soʻng Eronning javobidan xavotirlar fonida amalga oshirildi.Avvalroq Pentagon Isroilni himo

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

Britaniya falastinliklarga yordam berishni qayta tikladi (video)

Buyuk Britaniyaning yangi Leyboristlar hukumati BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni 6 oylik to‘xtashdan so‘ng yana davom ettiradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi. “Swis info” nashri buni Leyboristlar oy boshida hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Isroil-Falastin mojarosiga qanday yondashish bo‘yicha  hukumatning qilgan birinchi katta o‘zgarishi sifatida qayt etgan. 2023 yilning 7 ok