calendar 26 Jul 10:19
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

image

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish niyatida. 

"Shimoliy Koreyaning ballistik raketa dasturlari xorijda ishlab chiqarilgan materiallar va butlovchi qismlarga tayanadi va Pxenyan bu materiallar va butlovchi qismlarni sotib olish uchun xorijiy agentlarning keng tarmog‘idan foydalanadi", deyiladi AQSH Moliya vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy Tayvanga qurol sotgani uchun AQSHga sanksiya kiritgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
10
0
xs.uz

Norvegiyadagi muzliklarning erishi 3000 yillik poykanlarning topilishiga sabab boʻldi

Iqlim oʻzgarishi sababli muzlarning erishi koʻplab arxeologik topilmalarning topilishiga sabab boʻlmoqda. Norvegiyadagi olimlar oʻrganishlar mobaynida yaxshi saqlanib qolgan 3000 yillik kamon oʻqini topdi. Bu haqda 'New York Times' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Espen Finstad' tashkiloti tomonidan Yutunxeymen togʻlarida topilgan poykon hali ham kvartsit uchi va patlari bilan bogʻlangan. Ushbu kashfiyot butun dunyo boʻylab muzliklarning erishi natijasida topilgan minglab artefa

08 Sep 16:45
 
8
0
xs.uz

AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp

Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.'Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor', deya keskin bayonot berdi siyosatchi.Tr

19 Jul 16:31
 
71
0
qalampir.uz

Chilida 7,3 magnitudali zilzila yuz berdi

Chilida 7,3 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi. Mutaxassislarning fikricha, zilzila epitsentri ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan San-Pedro-de-Atakama qishlog‘idan 43 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Manba 128 km chuqurlikda joylashgan. O‘z navbatida, mamlakat Prezidenti Gabriel Borich rasmiylarda qurbonlar yoki jiddiy zarar haqida ma’lumotlar yo‘qligini aytdi. “Men viloyat vakili bi

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Eron va Armaniston 500 mln dollarlik qurol bitimini imzoladi

Eron va Armaniston 500 million dollarlik yirik qurol bitimini imzoladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Iran International” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, mazkur kelishuv bir necha shartnomalarga bo‘lingan va so‘nggi bir necha oy ichida imzolangan. “Iran International” Eron Armanistonga yetkazib bermoqchi bo‘lgan harbiy texnikaning eksklyuziv ro‘yxatini oldi. Bunga Shahed-136, Shahed-129, Shahed-197, Mohacher kabi dronlar, shuningdek, Hordod-3, Majid, Hordod-