calendar 25 Jan 16:29
eye 101
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kam-koʻstimizdan ortganini jamgʻarib, oʻgʻlimga uy qurib berdim, mashina sotib oldim — Holiqul Soibnazarov

image
Tumanda ishbilarmon dehqonlar koʻp. Birgina Dexqonobod mahallasida 615 ta xonadon boʻlib, 2024-yil hosili uchun aholi tomorqasining 36 gektar maydoniga toʻqsonbosti ekinlar ekilgan. Toʻraqul Halimov mahallada 30 yildan beri tomorqasidan unumli foydalanib kelayotgan usta dehqonlardan biri.

' Har yili tomorqamizning 10 sotixida toʻqsonbosti ekin sifatida sarimsoqpiyoz va ismaloq yetishtiramiz, ' deydi Т.Halimov. ' Oʻtgan yili 8 sotix yerga ekilgan sarimsoqpiyoz hosili 1 tonna 300 kilogramm boʻldi va undan 30 million soʻmga yaqin daromad oldik. Keyingi yillarda sarimsoqpiyozning oʻzagini ham gazak tayyorlovchilar sotib olib ketishyapti. Avvallari uni chiqindixonaga chiqarib tashlardik. Tomorqada bir qarich yer boʻsh turmaydi. Egat chetlaridan ham koʻkatlar yetishtirib foydalanamiz. Mehnatimiz orqasidan yiliga tomorqaning oʻzidan 100 million soʻmdan oshirib daromad kelyapti.

Tumanning Kattaqangli mahallasida esa 841 ta xonadon mavjud boʻlib, aholi tomorqasining ekin maydoni 118 gektarni tashkil qiladi. Mahallaning Diyor qishlogʻida yashovchi Holiqul Soibnazarov hovlisidagi yer daromad manbai hisoblanadi.

' Bor-yoʻgʻi 4 sotixlik tomorqamiz bor, ' deydi H.Soibnazarov. ' Bu yerning 2 sotixida qulupnay yetishtiramiz. Qulupnay koʻchatlari orasiga sarimsoqpiyoz parvarishlayapmiz. Har ikkala mahsulot ham bir vaqtda, may oyida yigʻishtirib olinadi. Oʻtgan yili qulupnay va sarimsoqpiyoz hosilidan 60 million soʻmga yaqin daromad qildik. Qolgan 2 sotix yerda pomidor, kartoshka va boshqa sabzavot mahsulotlari yetishtiramiz. Yer qishda ham bekor turmaydi. Tomorqadan yiliga 2-3-marta foydalanishimizni hisobga olsak, shu ozgina yerdan 90 million soʻmlik mahsulotni bozorga chiqarish mumkin. Roʻzgʻor asosan tomorqadan topgan daromadimiz evaziga toʻkin. Kam-koʻstimizdan ortganini jamgʻarib, oʻgʻlimga uy qurib berdim, mashina sotib oldim.

Mehnat qilgan odam rohatini ham koʻradi, deganlari shu boʻlsa kerak. Xullas, astoydil mehnat qilgan kishini yer boqadi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar kiritish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Bugun dunyoda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, yoshlar orasida turli yot g'oyalar tobora keng tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimizda bunday holatlarni o'z vaqtida oldini' olish va ularga barham' berish b

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining '2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbu

31 Jan 15:20
 
22
0
xs.uz

Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,

31 Jan 15:20
 
30
0
xs.uz

Andijonda fevral oyi “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb eʼlon qilindi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda yashab ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar, maʼnaviyat maʼnaviyat va maʼrifat fidoyilari bilan uchrashdi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542'yilligini munosib nishonlash, shu bilan birga viloyatda maʼnaviyat, maʼrifat, ayniqsa, adabiyot sohasida keng koʻlamdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.' Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu bo