calendar 08 Sep 16:44
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Germaniyaning birinchi raqamli siyosiy arbobi Oʻzbekistonga keladi

image
Germaniya kansleri Olaf Shols 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt maʼlum qildi.

Qayd etish kerakki, Olaf Shols hukumatga kelgandan beri hali Markaziy Osiyoga tashrif buyurmagandi. Nemis hukumati tomoni kanstlerga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 'katta biznes delegatsiyasi' hamrohlik qilishini ham bildirgan.

Maʼlum boʻlishicha, nemis siyosatchisi Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi. Bundan tashqari, 17-sentyabr kuni Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan 'Markaziy Osiyo-Germaniya' (5+1) ikkinchi sammitida ishtirok etadi.

Birinchi sammit 2023-yil sentyabr oyida Berlinda boʻlib oʻtgan va unda mintaqa davlatlari rahbarlari Germaniya bilan strategik mintaqaviy sheriklik oʻrnatish taklifini qoʻllab-quvvatlagandi.

'Kanslerning safari ham ushbu mintaqaviy hamkorlikka hayot bagʻishlaydi', deyiladi Germaniya hukumati bayonotida.

Maʼlumot uchun aytish kerakki, Germaniyada oliy siyosiy amaldor kansler hisoblanadi. Kansler mamlakatning eng qudratli arbobi hisoblanadi. Koʻpincha siyosiy hokimiyat nuqtayi nazaridan bunday amaldor 'birinchi raqamli shaxs' deb ataladi. Germaniya prezidenti asosan mamlakatdagi boshqa ishlarda faollik koʻrsatadi.

Avvalroq, Oʻzbekiston 7 oyda qiymati 28,3 million AQSH dollarlik choy import qilgani haqida maʼlum qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 11:42
 
59
0
xs.uz

“Afrosiyob” tezyurar poyezdlarining ertalabki qatnov vaqtini oldinga surish taklif etildi

Qayd etilishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq boʻlishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.Amaldagi jadval (ertalab joʻnash vaqti):Taklif etilayotgan jadval (ertalab joʻnash vaqti):Yoʻlovchilar mazkur oʻzgartirish boʻyicha'ushbu havola'orqali oʻz munosabatlarini bildirishi mumkin.

26 Jul 10:21
 
29
0
xs.uz

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali'muloqot qildi.Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va farovonlik, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik

26 Jul 16:47
 
60
0
qalampir.uz

Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilishi bekor qilindi

O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining navbatdagi saylovi oldidan tuman (shahar) hamda viloyat hokimlarining xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish tartibi bekor qilindi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi. Davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida avval hokimlar vakolatida bo‘lgan 33 ta vakolatlar mahalliy Kengashlarga o‘tkazil

24 Aug 17:26
 
14
0
xs.uz

Ozarbayjon Prezidenti Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

23-avgust kuni Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O'zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldida