calendar 26 Jul 10:21
eye 33
comments 0
comments Manba: xs.uz

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali'muloqot qildi.

Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va farovonlik, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yaqinda boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlarining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlashni yanada koʻpaytirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy almashinuvni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilining boshlanish sanalari maʼlum boʻldi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra 2024/2025-oʻquv yili oliy taʼlim muassasalarida 9-sentyabrda boshlanishi belgilangan.Shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarida oʻquv yili 4-sentyabrda boshlanadi.Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari ham oʻquv yilini 4-sentyabrdan boshlanishi koʻzda tutilgan.'Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi', deyi

09 Oct 12:39
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alisher Toʻxtayev Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-2024-yillarda ishlagan Oybek Usmonovning oʻrnini egalladi.Toʻxtayev tayinlovdan oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlib ishlagan.Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozi

08 Sep 16:44
 
16
0
xs.uz

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistonning iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlariga bordi

Joriy yilning 19-avgust kuni Prezident boshchiligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda Qoraqalpogʻiston aholisini rozi qilish, hayotini yaxshilash, inson qadrini ulugʻlash boʻyicha hudud rahbariyatida tashabbuskorlik yetishmayotgani, tuman hokimlari esa bunga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgani koʻrsatib oʻtilgandi.Qoraqalpogʻistonning imkoniyatlarini toʻliq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish boʻyicha berilgan topshir

09 Oct 12:39
 
7
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq