calendar 08 Sep 16:44
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistonning iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlariga bordi

image
Joriy yilning 19-avgust kuni Prezident boshchiligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda Qoraqalpogʻiston aholisini rozi qilish, hayotini yaxshilash, inson qadrini ulugʻlash boʻyicha hudud rahbariyatida tashabbuskorlik yetishmayotgani, tuman hokimlari esa bunga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgani koʻrsatib oʻtilgandi.

Qoraqalpogʻistonning imkoniyatlarini toʻliq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish boʻyicha berilgan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Tursinxon Xudayberganov zimmasiga yuklatilgandi.

Saida Mirziyoyeva topshiriqlar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlariga tashrif buyurib, u yerdagi ahvolni oʻrgandi.

'Kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasida iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlarga bordik va joylardagi ahvolni oʻrgandik.

Ushbu hududlarda yashayotgan aholi hayotini yaxshilash, ular uchun munosib sharoit yaratish borasida qilinadigan ishlar hali koʻp', deydi Saida Mirziyoyeva.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
46
0
xs.uz

26-iyul kuni harorat 45 darajani tashkil etadi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +40...+42 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja b

29 Jul 17:02
 
136
0
qalampir.uz

Dollar kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,45 so‘mga tushdi va 12 574,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 49,00 so‘mga pastlab, 13 626,86 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 2,26 so‘mga arzonlab, 145,52 so‘mni tashkil etdi.

26 Jul 10:20
 
48
0
qalampir.uz

Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi

Bugun, 25 iyul kuni Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va bir yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, soat 00:30 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan A.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Y

08 Sep 16:44
 
8
0
xs.uz

Maktablardagi laborant lavozimi tugatiladi

Oʻzbekistonda fizika va kimyo fani oʻqituvchilariga kabinet mudirligi uchun har oy qoʻshimcha haq toʻlanadi.Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi