calendar 23 Jan 16:27
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

Orol inqirozi insoniyat eʼtiborsizligi haqida dahshatli eslatma

image
Ushbu siyosatning asosiy maqsadi mintaqadagi global muammolardan biri boʻlgan Orolboʻyi aholisi salomatligini muhofaza qilish, hududdagi bioxilma-xillikni saqlash hisoblanib, bu yoʻnalishda dengiz inqirozidan soʻng yuzaga kelgan ekologik vaziyatni yumshatish bilan bogʻliq qonunlar, farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi.

2021-yilning 18-may kuni BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining yalpi majlisida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taklifiga koʻra, Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan maʼqullandi.

Ayni paytda mazkur yoʻnalishda Orol mintaqasida qurgʻoqchilik davom etishining oldini olish, yaʼni Orol sathidan zaharli changlarning havoga koʻtarilishini toʻxtatish uchun dengizning qurib qolgan hududlarini oʻrmonzorga aylantirish harakatlari qizgʻin davom etmoqda.

2023-yilning 22-24-mart kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida tuzilmaning suv masalalari boʻyicha oʻtkazilgan konferensiyasida mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva nutq soʻzlab, BMT minbaridan Orol dengizi fojiasining oqibatlari, ularni yumshatish boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar va bu boradagi xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirishda mamlakatimizning yetakchiligi xususida soʻz yuritdi.

Xususan, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibrayim Yusupovning elegiyasidan bir parcha (qoraqalpoq tilida) oʻqib berdi:

Таўлар шөгип, жерге кирмеген шығар,

Жулдызлар ҳәм бирден сөнбеген шығар.

Дүня ҳеш ўақтада көрмеген шығар:

Бир майданда теңиз қурып қалғанын.

Sheʼrda dengizning koʻz ochib yumguncha sahroga aylanishi fojiasi tasvirlangan. Qoraqalpogʻistonda odamlar hamon dengizni qoʻmsab, qadrdonini yod olib yigʻlagan kabi faryod chekadilar. Suvga moʻl dengiz faqat Nukus muzeyidagi rassomlarning yarqirab, jilvalanib, hayot va erkinlik baxsh etuvchi rasmlarida qolgan. U qurib bitgandagina odamlar uning qadriga yetdi. Orol dengizining inqirozi insoniyatning atrof-muhitga eʼtiborsizligi oqibatlari haqida dahshatli eslatmadir. Biroq gʻamxoʻr odamlarning saʼy-harakatlari tufayli u yana umid va yangilanish ramziga aylanmoqda. Mamlakatimiz Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida izchil saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda, deya taʼkidlagan edi Saida Mirziyoyeva.

Ahamiyatlisi, Orolboʻyi mintaqasi tizimini muhofaza qilish Konstitutsiya darajasida mustahkamlanganligi xalqimizni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, mintaqaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini kafolatlaydi.

Oʻzbekiston Prezidentining saʼy-harakati bilan bugun Moʻynoqning yangi qiyofasi yaratildi, hududga yangi ruh, jon bagʻishlandi. Moʻynoq hududi, Orol dengizining qurigan tubida ham ilmiy innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy qilish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan ustuvor vazifalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi tomonidan istiqbolli ilmiy izlanishlar olib borilyapti.

Institutimizning bosh maqsadi, bu ' atrof-muhitni muhofaza qilish, mintaqaning ekologik muammolarini bartaraf etish, respublikamizning tabiiy, energetika, mineral xomashyo va oʻsimlik resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish boʻyicha istiqbolli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ilmiy kadrlarni tayyorlash, fan-taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, mintaqaning rivojlanishi uchun ahamiyatli boʻlgan xalqaro loyihalarda ishtirok qilish hisoblanadi. Bizning ilmiy faoliyatimiz ham atrof-muhitni muhofaza etish, barqaror rivojlanishni tabiiy ilmiy yondashuv negizida taʼminlash bilan chambarchas bogʻliq.

Hozirgi kunda institutimiz olimlari Orolboʻyi atrofidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida va ekologik muammolarni yechish boʻyicha tizimli harakatlarning ishtirokchisi boʻlib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. Bu tadqiqotlar natijasida olimlarimiz Orol dengizi va Orolboʻyi tabiiy hududlari biologik rejimi oʻzgarishlarini koʻrsatuvchi juda koʻp va turli-tuman, noyob materiallarni toʻpladi.

Aytish joiz, institutimizda 2023-yil 16-17-noyabr kunlari anʼanaviy 'Janubiy Orolboʻyi biologik resurslarini saqlash va samarali foydalanish muammolari' nomli IX xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi. Konferensiyaning maqsadi mavjud ekologik muammolarni hal qilishga tegishli mutaxassislarni, olimlarni va aholining keng qatlamini jalb qilishdir. Mazkur anjumanda mamlakatimiz va chet davlatlar yetakchi ilmiy muassasalarining, oliy oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlar vakillari hamda yosh olimlar, doktorantlar, tadqiqotchi-izlanuvchilar qatnashdi.

Olimlar janubiy Orolboʻyi tabiiy muhitining hozirgi holatini oʻz chiqishlarida tasvirlab berdi. Yerdan foydalanishda tabiat muhofazasiga eʼtibor qaratgan holda boshqarish muammolari muhokama qilindi hamda hududning tabiiy muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar bildirildi.

2023-yil avgust oyida institutimiz olimlari Turkiyaning Egey universitetida boʻlib oʻtgan 'Atrof-muhitni uzluksiz monitoring qilish uchun biologik test modellari' treningida ishtirok etdi.

Unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan nufuzli olimlar tuproq qatlamining bugungi holati, ekologik va ekotoksikologik tadqiqotlarni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida oʻz fikr va mulohazalari bilan tajriba almashdi.

Ayni chogʻda, institutimizda Qoraqalpogʻiston Respublikasini barqaror rivojlantirish muammolarini tadqiq etish maqsadida mintaqada sodir boʻlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni matematik modellashtirish va prognozlash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotir. Aniqroq aytganda, 'Ekologik jarayonlarni modellashtirish' laboratoriyasi xodimlari tomonidan Orol dengizining qurigan tubidan tuzlarning tarqalishi, iqlim oʻzgarishi va atrof-muhitning ifloslanishi muammolarini modellashtirish natijalariga koʻra, bu muammolarni yumshatishning amalda yagona chorasi Orol dengizining qurigan tubini va suvni fitomelioratsiya qilish, degan xulosaga kelindi. Ushbu jarayon choʻl hududlari, shu bilan birga, chorva mollarini ozuqa bilan taʼminlash muammosini ham hal qiladi.

Institutimizning tayanch doktoranti S. Rustamova 'Qoraqalpogʻiston sharoitida oqova suvlardagi mikroskopik va yuksak suv oʻsimliklarini koʻpaytirish va ularni qishloq xoʻjaligida qoʻllash' tijoratlashtirish loyihasi boʻyicha tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Loyiha boʻyicha Taxiatosh tumanidagi 'Nayman' OFYda suv oʻsimliklarini sunʼiy koʻpaytirish va chiqindi suvlardan foydalanish yoʻllari koʻrsatib berilgan.

OʻzR FA Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti geologiya laboratoriyasida yaratilgan Nukus shahri yerosti suvlarining va yerosti suvigacha joylashgan gruntlarning shoʻrlanish xaritalari respublikadagi qurilish obyektlarini loyihalashda qoʻllanilayotir. Xaritalar bino va inshootlarni shoʻr gruntlarda ishonchli va tez loyihalashga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, Nukus shahrining kollektor drenaj tizimini rekonstruksiyalashda va yangi drenaj tizimlarini loyihalashda qoʻllanilayotgan xaritalar Nukus shahrining koʻkalamzorlashtirish tizimini yaratishga yordam beradi.

Institutning 'Hayvonot ekologiyasi' laboratoriyasi xodimlari tomonidan janubiy Orolboʻyi botqoqli hududlarida 15 turkum, 37 oilaga mansub qushlarning 138 turi aniqlandi. Shundan 43 turi gidrofil, 58 turi koʻchib yuruvchi va uyali, 26 turi qishlash, 21 turi oʻtroq, 33 turi koʻchib yuruvchi turlar hisoblanadi. Janubiy Orolboʻyi uchun qayd etilgan 65 turdagi sut emizuvchilardan 41 turi janubiy Ustyurtda, jumladan, kemiruvchilarning 28 turi, yirtqichlarning 12 turi va tuyoqlilarning 3 turi boshqa hududlarda aniqlangan. Tadqiqot natijalari boʻyicha, Mejdureche suv omborida 17 tur baliq, Sharqiy Qorateren koʻlida 11 tur baliq, Saykoʻlda 10, Achikoʻlda 6 tur baliqlar yashashi aniqlandi.

Shuningdek, taʼlim ' fan ' ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xulosa oʻrnida aytganda, Orol dengizining qurishi va boshqa ekologik inqirozlar insoniyat oldida turgan eng yirik global muammodir. Bu insoniyatdan tabiatga hurmat bilan munosabat boʻlishni, tabiatga mehr koʻrsatishni talab qiladi.

Muhimi, bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi va bevosita rahbarligida Orolboʻyi hududidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, hududda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan tizimli ishlar oʻz samarasini bermoqda. Qilinayotgan amaliy ishlar Moʻynoq va Orolboʻyi hududida yashovchi xalqlarning turmush sharoitining yaxshilanayotgani misolida namoyon boʻlmoqda.

Svetlana MAMBETULLAYEVA,

OʻzRFA Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq

tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori,

biologiya fanlari doktori, professor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat

Bugun, 5-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida elektrotexnika tarmogʻiga oid koʻp masalalar oʻz'yechimini topdi. Masalan, faktoringdan eng koʻp foydalanuvchi ham elektrotexnika korxonalari. Yil yakunigacha sohaga kamida 30 million dollarlik faktoring uchun resurs jalb qilinadi.Hozirda tashqi qarz hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda chetdan kirayotgan tovarlar bojxona boji va QQSdan ozod qilingan. Lekin bu loyihalar

03 Sep 21:34
 
38
0
xs.uz

Qozogʻistonda oʻzbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi

Qozogʻistonning Chimkent viloyatida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Olmaota trassasining yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida 'Opel Vectra' avtomobili 'Toyota Alphard'ga borib urilgan.Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan. Yana yetti kishi jabrlangan.Aniqlanishicha, jabrlanganlarning barchasi 'Toyota Alphard' salonida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, Qiz

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Toshkent shahrida Oʻzbekiston—Ozarbayjon media forumi boʻlib oʻtmoqda

Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston'Ozarbayjon media forumi oʻz ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Xabarda aytilishicha, 'Raqamli asrda haqiqatni izlab: dezinformatsiyaga qarshi kurashish' mavzusiga bagʻishlangan ushbu tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil avgust oyida Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan 'yoʻl xaritasi'ga muvofiq oʻtkazilmoqda.'Qardosh

10 Oct 11:12
 
21
0
xs.uz

Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryoda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Xorijlik mutaxassislar mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha toʻplangan tajribani yuqori baholamoqda.Joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga oʻtkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga kelgan YEXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat S