calendar 22 Jan 17:16
eye 92
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish tartibi takomillashtirilmoqda

image
Unda dastlab, xalq vakillari tomonidan 'Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish va ulardan samarali foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida'gi qonun loyihasi birinchi o'qishda ko'rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan pillachilik klasterlari hamda tutchilik va pillachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklariga foydalanish maqsadida 10 gektardan kam bo'lmagan o'lchamda yer maydoni ajratilishi, shuningdek, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug'orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun o'n yilgacha bo'lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, loyihada yerdan foydalanuvchilarning dala chetlari va kollektor-drenaj hamda sug'orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlaridan, bog' va tokzor qator oralaridan samarali va oqilona foydalanishini ta'minlashga doir majburiyatlarini belgilash taklif etilmoqda.

Yig'ilishda fraksiya a'zolari mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish va pilla xomashyosini yetishtirishning ozuqa bazasini yanada kengaytirishga, dala chetlari, bog' va tokzor qator oralari hamda kollektor-drenaj atroflaridagi foydalanilmay kelinayotgan yer uchastkalarida mahsulotlar yetishtirishni kengaytirish orqali agrar sohada aholi bandligini, oziq-ovqat xavfsizligini va narx barqarorligini ta'minlashga va daromadlari oshishiga xizmat qilishi qayd etib o'tishdi.

Qizg'in bahs-munozaralar yakunida qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berildi hamda qonun loyihasi qo'llab-quvvatlandi.

'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
17
0
xs.uz

Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi

Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk

09 Oct 18:32
 
24
0
xs.uz

Inson aʼzolari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan talabaga hukm oʻqildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.A. inson aʼzolari oldi-sotdisida ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyevning maʼlum qildi.Bildirilishicha, 2003-yilda tugʻilgan B.A. ijtimoiy tarmoqlarga inson aʼzolarini sotib olishi haqida eʼlon joylashtirgan. U mazkur eʼlonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.Ushbu eʼlondan soʻng fuqaro J.R. u bilan

09 Oct 19:40
 
26
0
xs.uz

Ilm-fan va tashabbuslar maskani

Ayni kunlarda bu OTMda 56ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari hamda 18ta magstratura mutaxassisliklari bo'yicha bilm olish yo'lga qo'yilgan.Universitetda yosh olimlarni qo'llab-quvvatlash, yangi ilmiy kashfiyotlar yaratish borasida ham muayyan yutuqlar ko'zga tashlanadi. Tadqiqotchilar 31ta ixtisoslik bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.Universitet tarkibida faoliyat yuritayotgan Filologiya, Axborot texnologiyalari, Tabiiy fanlar, Pedagogika, Jismoniy madaniyat, San'atshunoslik kabi fakul