Universitetda yosh olimlarni qo'llab-quvvatlash, yangi ilmiy kashfiyotlar yaratish borasida ham muayyan yutuqlar ko'zga tashlanadi. Tadqiqotchilar 31ta ixtisoslik bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Universitet tarkibida faoliyat yuritayotgan Filologiya, Axborot texnologiyalari, Tabiiy fanlar, Pedagogika, Jismoniy madaniyat, San'atshunoslik kabi fakultetlarda hozirda besh yuzga yaqin professor-o'qituvchilar 17 ming nafardan ortiq yoshlarga puxta bilm bermoqda.
Bu yerda yoshlarga sifatli ta'lim berish jarayonini mukammallashtirish, universitet ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, pedagog xodimlarning ijtimoiy ta'minotini yaxshilash, xorijiy davlatlarda malaka oshirish, ilmiy tajribasini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan yangi-yangi loyihalar bilan tanisharkanmiz, ularni amaliyotga tadbiq etish borasidagi bir qator yutuqlar ko'zga tashlanadi. Shu bilan birgalikda universitetning moddiy-texnik bazasi yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Ilm-fan yangiliklari bilan boyitilgan yangi labaratoriyalar foydalanishga topshirilayotir. Bugungi kunda bu ta'lim dargohida multimedia vositalari bilan jihozlangan zamonaviy o'quv auditoriyalari, sport zallari, 560 mingdan ortiq nomdagi kitoblarga ega bo'lgan ARM, 33 ta ilmiy laboratoriyalar faoliyat ko'rsatmoqda.
Universitet olimlarining yetakchi xorijiy davlatlar bilan olib borayotgan ilmiy hamkorliklari ham yaxshi natijalar berayotir.
Guliston davlat universiteti bilan Italiyaning L'akuila universiteti, Germaniyaning Berlin texnik universiteti, Guottengin universiteti, Shvedsiyaning Qirollik texnik universiteti, Bolgariyaning Kimyo texnologiyalari va metallurgiya universiteti hamda Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston kabi qo'shni davlatlardagi OTMlar bilan o'zaro hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan. Ushbu hamkorliklarning amaliy natijasi sifatida hozirda universitetda bir qator xorijiy davlatlar fuqarolari ham tahsil olmoqda.
O'quv jarayonlarining zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish yutuqlari asosida tashkil etilgani, darslar xalqaro talablarga mos ravishda o'tilayotgani tufayli xorijlik talabalar safi yil sayin kengaymoqda.
Universitetda tegishli mutaxassislarni tayyorlash jarayoni davlat va iste'molchilar buyurtmalariga tayangan holda yo'lga qo'yilgan. Talabalar yuqori darajadagi axborot va ta'lim texnologiyalari asosida puxta bilim olish bilan birgalikda, qulay ijtimoiy paketlardan ham samarali foydalanishmoqda.
'
'Shodiyor MUTAHAROV,
(Xalq so'zi)
Ayrim tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida xabar berildi. Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda: - yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa
Endilikda ayrim oʻquvchilar xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi
'Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga koʻra, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariya va amaliyot uygʻunlashtirilg
Qoraqalpogʻistonda “Lacetti” kanalga tushib ketdi. Oqibatida uch kishi vafot etgan
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida uch nafar fuqaroning oʻlimi bilan yakunlangan yoʻl-transport hodisasi'yuz berdi.Maʼlum boʻlishicha, oʻsha kuni tungi soat 02:20 atrofida mast holatdagi haydovchi 'Lacetti' rusumli avtomashina boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi kanalga tushib ketgan.Hodisa oqibatida mashinaning orqa oʻringigida boʻlgan ikki yoʻlovchi voqea joyida halok boʻlgan. Yana bir nafar yoʻlovchi esa shifoxonada vafot etgan. Ular 21
Ayrim fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadi
Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda: