calendar 09 Oct 12:39
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi

image
Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3 nafar hokim, 1 nafar hokim oʻrinbosari va 17 nafar hokimlik xodimlari), joriy yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning esa 11 tasi mahalliy hokimliklar (2 nafar hokim, 3 nafar hokim oʻrinbosari, 2 nafar hokimlik xodimlari, 3 nafar obodonlashtirish, 1 nafar yagona buyurtmachi xizmati injinering kompaniyasi) masʼul mansabdor shaxslari hisobiga toʻgʻri kelganligi qayd etildi.

Shuningdek, viloyat va tuman-shahar hokimliklari ayrim mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi masalasi ham tanqidiy muhokama qilindi', deyiladi xabarda.

Muhokamalar yakuni boʻyicha viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish, bu borada ayniqsa, hududiy kengash faolligini kuchaytirish, uning aʼzolari masʼuliyatini oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
22
0
xs.uz

Prezident Paralimpiyada chempionlari — Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov bilan telefon orqali suhbatlashdi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilarimiz bilan telefon orqali'suhbatlashdi.Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni'qoʻlga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi chempionligi boʻldi.​Yengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi'oʻrinni egalladi. Shu tar

24 Aug 17:26
 
23
0
xs.uz

IIOda maxsus unvon uchun xizmat oʻtash muddatlari oʻzgardi

Hujjatga koʻra, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi. Xususan, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari oʻzgardi:Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, harbiy

10 Oct 08:03
 
17
0
xs.uz

Prezident Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini koʻrib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.Bugungi kunda shahar hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oshib borishi tayin. Shu bois Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.Davlatimiz rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022-yilda tanishgan edi. Unda berilgan koʻrsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. 'Toshkentboshpla

09 Oct 18:32
 
17
0
xs.uz

Inson aʼzolari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan talabaga hukm oʻqildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.A. inson aʼzolari oldi-sotdisida ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyevning maʼlum qildi.Bildirilishicha, 2003-yilda tugʻilgan B.A. ijtimoiy tarmoqlarga inson aʼzolarini sotib olishi haqida eʼlon joylashtirgan. U mazkur eʼlonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.Ushbu eʼlondan soʻng fuqaro J.R. u bilan