calendar 10 Oct 08:03
eye 42
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini koʻrib chiqdi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

Bugungi kunda shahar hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oshib borishi tayin. Shu bois Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022-yilda tanishgan edi. Unda berilgan koʻrsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. 'ToshkentboshplanLITI' korxonasida Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda puxta ish olib borildi.

Loyihaga koʻra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi. Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar oʻzgarishsiz qoladi. Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qoʻshimcha qurilishlar qilish mumkin boʻladi. Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar oʻrnida yangi qurilishlar va taʼmirlash amalga oshiriladi.

Bugungi kunda ekologiya va transport muammolari dolzarb boʻlib bormoqda. Xususan, oxirgi oʻn yilda Toshkentdagi havo harorati oʻrtacha 1 daraja koʻtarilgan. Baʼzi kunlarda atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalar meʼyordan ortiq boʻlmoqda. Avtomashinalar ham kun sayin koʻpayib, yoʻl harakati qiyinlashib bormoqda.

Shu bois yangi bosh rejada bu masalalar inobatga olingan. Jumladan, Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra koʻpaytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda. Bu orqali aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yashil maydon hozirgi 3 kvadrat metrdan 6 kvadrat metrga oshadi.

Shaharsozlik talabiga koʻra, aholi oʻz yashash joyidan eng yaqin bogʻcha, maktab, shifoxona, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarigacha koʻpi bilan 15 daqiqada yetib bora olishi kerak. Shu bois jamoat transporti tarmogʻi kengaytirilib, bogʻlamlar va bekatlar koʻpaytiriladi. Yangi yoʻllar qurilib, metrobus yoʻnalishlari tashkil etiladi.

Soʻnggi yillardagi oʻsish natijasida Toshkentda elektr energiyasi, suv va oqova infratuzilmasi yuklama bilan ishlayapti. Bosh reja loyihasida bu quvvatlarni oshirish manbalari ham hisob-kitob qilingan.

Bosh reja tasdiqlangach, uning xaritalari Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida hamda Toshkent shahar hokimligi veb-saytida ochiq maʼlumot sifatida joylashtiriladi.

Mutasaddilar bosh rejaning shu kabi asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha axborot berdi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahrini kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini taʼkidladi. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, Oʻrtachirchiq va Toshkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:48
 
26
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi

Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, 'Davr bank' ATB tomonidan eʼlon qilingan tashqi reklamalarda 'Davr mobile' ilovasida 50 mln soʻmgacha onlayn mikrokredit' mazmunidagi reklama axboroti berilganligi aniqlangan. Bu reklamada mikroqarzning 43 foiz yillik ustamasi, oylik ish haqi talab etilishi kabi talablar koʻrsatib oʻtilmagan.Shuningdek, Toshkent shahridagi LED monitorli reklama obyektlarida 'Tadbirkorlar uchun 5 milliard soʻmgacha kredit, 24

18 Nov 04:57
 
18
0
xs.uz

Qoʻqon shahridagi mahallalarda sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilmoqda

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 2024-yilning oʻtgan davrida Qoʻqon shahrining ikkita mahallasida zamonaviy sport inshootlari qurib, foydalanishga topshirildi. 'Muqimiy' mahalla fuqarolar yigʻinida davlat-xususiy sheriklik asosida 'Universal' sport maydoni, 'Shaldiramoq' MFYda 'Tashabbusli sport' dasturi boʻyicha Strit-Vorkaut maydonchasi faoliyat boshladi.Aytish joiz, bugungi kunda Qoʻqon shahridagi 2 ta ixtisoslashgan sport maktabida 110 ta sport guruhi mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyilgan bo

11 Nov 03:18
 
22
0
xs.uz

Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi

Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz soligʻi solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qoʻshimcha kiritilmoqda.Bojxona kodeksiga yuqorida koʻrsatilgan texnik vositalarni boj toʻlashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qoʻ

18 Nov 04:57
 
9
0
xs.uz

Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi vaqtincha yopildi

Maʼlum qilinishicha, koʻcha bugun, 16-noyabr kuni 08:00 dan 24:00 gacha yopiladi.Bunga Olmazor tumanida olib boriladigan yoʻl taʼmirlash ishlari sabab boʻladi.