calendar 19 Jan 17:30
eye 80
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbek ijodkorlarining animatsion filmi Hindistonda boʻlib oʻtadigan xalqaro kinofestivalda namoyish etiladi

image
Oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan 'Xasis baqqol' animatsion filmi X Kolkata xalqaro bolalar kinofestivalida namoyish etiladi. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar bermoqda.

Joriy yilning 25-29-yanvar kunlari Hindistonning Kolkata shahrida anʼanaviy xalqaro bolalar kinofestivali oʻtkaziladi. Unda turli mamlakatlarda bolalar uchun suratga olingan filmlar yosh tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilinadi.

Oʻzbekiston tomonidan xalqaro kinofestival dasturiga Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan 'Astir' animatsiya studiyasi tarafidan yaratilgan 'Xasis baqqol' filmi taqdim etildi.

Mazkur film Alisher Navoiyning 'Lisonut-tayr' dostonida keltirilgan hikoya asosida suratga olingan. Ijodkorlar guruhi yosh kinotomoshabinlarni buyuk bobokalonimiz ijodi bilan yanada yaqindan tanishtirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Multfilmda xasislik, ochkoʻzlik singari illatlar qoralangan, aksincha mehr-oqibat, bagʻrikenglik singari insoniy fazilatlar ulugʻlangan.

Film ijodkorlari qahramonlar shakl-shamoyilini sharq miniatyura sanʼati, xususan, Kamoliddin Behzod ijod namunalari asosida yaratgan. Multfilm premyerasi 2022-yil Alisher Navoiy tavallud topgan kun sanasida boʻlib oʻtgan hamda keng jamoatchilik, ayniqsa, yosh tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
52
0
xs.uz

Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash loz

16 Apr 09:11
 
41
0
xs.uz

16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik

16 Apr 15:12
 
53
0
xs.uz

Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni koʻtarinki ruhda nishonlandi

Gʻayrat Otajonov/'Xalq soʻzi'. Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 'Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni' munosabati bilan tantanali bayram kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 'Turksoy' xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sultanbay Rayev, dunyoga mashhur fransuz dirijyori Natali Maren va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabr

15 Apr 07:06
 
46
0
xs.uz

Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Italiya Prezidenti bosh kotibiyatining 'Gazzetta Ufficiale''hukumat gazetasi rasmiy saytida'eʼlon qilingan'roʻyxatga Italiya va xorijiy mamlakatlarning boshqa taniqli arboblari ham kiritilgan.Aytish joiz, 'Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun' (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) ordeni Italiyaning oliy davlat mukofoti boʻlib, 1951-yil 3-martda taʼsis etilgan. U Italiya fuqarolari va chet elliklarni adabiyot, sanʼat, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat soh