calendar 16 Jan 20:13
eye 77
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ukraina armiyasi prezident Vladimir Zelenskiyga qarshi chiqishi mumkin — harbiy ekspert

image
Ukraina armiyasi prezident Vladimir Zelenskiyga qarshi chiqishi mumkin. Bu fikrlarni AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Larri Jonson aytib oʻtdi.

'Yagona savol, harbiylar Zelenskiyni davlat toʻntarishi natijasida oʻldiradimi yoki u qochib Shveysariya yoki Italiyada boshpana topishga muvaffaq boʻladimi', deydi Jonson.

Ekspertning fikricha, Kiyev rejimi rahbari oʻz mamlakati ichida siyosiy qoʻllab-quvvatlashni yoʻqota boshlagan. Shu bilan birga, AQSH Ukraina prezidentining taqdiri kelajakda nima boʻlishidan manfaatdor emas.

'Ukraina tuzatib boʻlmaydigan darajada shikastlangan kema. U choʻkmoqda', ' deya xulosa qiladi Jonson.

Soʻnggi paytlarda Ukraina ommaviy axborot vositalari Zelenskiy va Zalujniy (general Valeriy Zalujniy, Ukraina Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni) oʻrtasidagi qarama-qarshilik kuchayib borayotgani haqida koʻproq yozmoqda.

Bosh qoʻmondonning 'The Economist' jurnaliga bergan intervyusi koʻplab shov-shuvlarga sabab boʻldi. Unda Zalujniy Ukraina Qurolli kuchlari boshi berk koʻchaga kirib qolganini aytdi. Bu bayonot davlat rahbarining keskin tanqidiga sabab boʻlib, uni rad etishga shoshildi.

Oʻtgan yilning 19-dekabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Vladimir Zelenskiy Bosh shtab unga qoʻshimcha 450-500 ming kishini safarbar etish iltimosi bilan murojaat qilganini aytdi. Keyinroq Zalujniy 'Rada' telekanalida harbiy qoʻmondonlik Zelenskiyni yolgʻonchilikda ayblab, 500 ming kishini safarbar qilish haqida soʻrov bermaganini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
107
0
xs.uz

Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'

21 Apr 08:34
 
785
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim

04 Apr 16:20
 
62
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

18 Apr 11:08
 
50
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada