calendar 13 Jan 16:40
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkent aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringanlar ushlandi

image

Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni Hindistondan O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatib qolindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Bildirilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Dehlidan uchib kelgan yo‘lovchining paltosi cho‘ntagidan 281 karat hajmdagi qimmatbaho toshlar topilgan. U ushbu olmoslarni bojxona nazoratiga taqdim etmasdan olib o‘tishga uringan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, olmoslarning umumiy qiymati 873 mln so‘mdan oshadi.

Shuningdek, Hindistondan uchib kelgan yana bir yo‘lovchining bagajidan 57 dona turli o‘lchamdagi olmos toshlari topilgan. Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan ushbu qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 942 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan. 

Ma’lumot uchun, 2023 yilda respublika bojxonachilari tomonidan jami 394 ta bojxona qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. Ularda 32,4 mlrd. so‘mlik 163 kg zargarlik buyumlari, shu jumladan qimmatbaho toshlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro aeroportida jami 96 dona tarixiy tangalarni chet elga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Alkogol va tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasini qisqartirish boʻyicha tizimli choralar koʻrilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasini oldini olish va chek qoʻyishga qaratilgan qatʼiy choralar koʻrilmoqda.Xususan, profilaktik chora-tadbirlar doirasida' 14 ta spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning manziliga borgan holda ishlab chiqarish jarayonlari oʻrganildi;' quyish va qadoqlash uskunalari

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi. 1-oktyabrdan Oʻzbekiston qonunchiligida yana nimalar oʻzgaradi?

Quyida joriy yilning 1-oktyabr kunidan Oʻzbekiston qonunchiligida qanday oʻzgarishlar kuchga kirishi haqida axborotga ega boʻlishingiz mumkin. Mazkur sharhini Norma.uz portali taqdim etdi.Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladiByudjet tashkilotlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, 'Muruvvat' internat uylari, Bolalar uylari va 'Mehribonlik' uylari, bolalar sanatoriy

09 Oct 19:24
 
24
0
xs.uz

“Ko‘ksimni kuydirgan alanga”

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasida Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Muhammad Ismoilning 'Boshimdagi tojim onam' va uning ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan 'Qatorda noring bo'lsa', 'Ochiq osmon ostida' nomli kitoblarning taqdimoti bo'lib o'tdi.'Ko'ksimni kuydirgan alanga' deya nomlangan adabiy-badiiy kechaga shoir-yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, ijodkorning do'stlari va yaqinlari, talaba yoshlar jam bo'ldi.Tadbirda so'zga chiqqanlar shoirning hayoti va ij

10 Oct 15:15
 
16
0
xs.uz

Choʻngʻarada bepul tibbiy koʻrik oʻtkazildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Rishton tumanining eksklav hududidagi 'Choʻngʻara' mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida navbatdagi bepul tibbiy koʻrik tashkil etildi.Choʻngʻaraliklar Rishton tumani tibbiyot birlashmasining kardiolog, nevropatolog, urolog, rulmonolog, akusher-ginekolog kabi shifokorlari koʻrigidan oʻtdi. Shu kuni tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Bunyodbek Hojirahmatov ishtirokida sayyor qabul ham uyushtirilib, kasalliklar profilaktikasi,