'Ko'ksimni kuydirgan alanga' deya nomlangan adabiy-badiiy kechaga shoir-yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, ijodkorning do'stlari va yaqinlari, talaba yoshlar jam bo'ldi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar shoirning hayoti va ijodi, shaxsiyati, so'nggi yillardagi ijodiy faoliyati, yaqinda chop etilgan she'riy va nasriy to'plamlari' borasida fikr-mulohazalarini bildirishdi.
' Muhammad Ismoyil she'rlari o'zining jozibador, samimiy va ko'ngilga yaqinligi bilan she'riyat ixlosmandlari tilidan tushmay keladi, ' dedi adabiyotshunos Adhambek Alimbekov. ' Shoir bugun ham qizg'in ijodiy jarayonda, biz taqdimotida qatnashayotgan kitoblar ham fikrimizni tasdiqlab turibdi. Ijodkorning nasrdagi qadamlari ham dadil, ishonamanki, u hikoyasevarlar qalbidan ham joy egallab bo'lgan allaqachon.
Darhaqiqat, o'quvchilar qo'liga yetib borayotgan 'Boshimdagi tojim onam' kitobi ham nasrda yozilgan. Mazkur to'plamda muallif o'z onasi timsolida o'zbek onalariga ta'rif beradi. Shuningdek, adibning xulosalari, tajribalari, saboqlari, kuzatishlari jamlangan 'Yon daftarimdagi bitiklar' turkumi ham ushbu kitobdan o'rin olgan. Unda muallif inson, jamiyat hayoti haqida o'z fikrlarini bayon etadi.
Tadbir yakunida shoir she'rlaridan o'qildi, kuy-qo'shiqlar yangradi, yig'ilganlarga to'plamlardan tuhfa etildi.
Rahmatjon BOBOJONOV
('Xalq so'zi').
Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'
Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi
Qayd etilishicha, kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun [OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.] bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan.Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumlada
Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?
Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladiDavlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar'oʻtkaziladi.Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish dasturi boshlanadi'Kambagʻallikdan farovonl
Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili
Kanallarda yiliga beshta viloyat bir yilda ishlatadigan suv yoʻqotilyapti
Noyabr-mart oylari kanallarni betonlash uchun eng qulay vaqtligi taʼkidlandi. Hali 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur.Kanallarda yiliga 13 milliard kub metr suv yoʻqotilayapti. Bu ' Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryoning bir yil ishlatadigan suviga teng.Shu sababli kelgusi yilda betonlashga 800 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.Masʼul idoralarga 66 ta magistral kanal loyihasi va ekspertizasini yakunlab, qurilish ishlarini tez furs