Alkogol va tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasini qisqartirish boʻyicha tizimli choralar koʻrilmoqda

Xususan, profilaktik chora-tadbirlar doirasida
' 14 ta spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning manziliga borgan holda ishlab chiqarish jarayonlari oʻrganildi;
' quyish va qadoqlash uskunalarida hisoblagich mavjud boʻlmagan korxonalarda hisobga olish vositalarining toʻliq oʻrnatilishi taʼminlandi;
' spirtni noqonuniy ishlab chiqarishga oʻtkazish maqsadida xarid qiluvchi shaxslarning spirt xarid qilish imkoniyatlari qonun doirasida cheklandi.
Bundan tashqari, tezkor-qidiruv imkoniyatlari orqali joriy yilning oʻtgan davrida 498,1 ming dona alkogol va 1,6 mln quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.
Xususan, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi 563 ta holatda oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida jami 498,1 ming dona alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi.
Jumladan:
' 159,5 ming dona qalbaki aksiz markali;
' 102 ming dona eski namunadagi aksiz markali;
' kontrafakt mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan 192,1 ming dona yorliqlar;
' 185 nafar fuqaro tomonidan 79,4 ming dona tegishli hujjatlarsiz alkogol mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritish borasida oʻtkazilgan 641 ta holatda jami 1 mln 662 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi.
Mazkur holatlar boʻyicha jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
“Sharaf yorligʻi”: ota-onalar mehnatining oʻziga xos eʼtirofi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan 'Dolzarb 90 kun' tadbirlari doirasida 'Sharaf yorligʻi' loyihasi amalga oshirilayotir. Ushbu loyihaga koʻra eng faol, namunali, tashabbuskor talabalarning uylariga 'Ushbu xonadonda Guliston davlat universitetining eng namunali talabasini tarbiyalagan muhtaram ota-ona istiqomat qiladi' degan mazmundagi 'Sharaf yorligʻi' oʻrnatilmoqda.' Talabaning har jih
Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi
Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka