calendar 12 Jan 15:50
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi

image

O‘zbekistonda tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi. Bu haqda 9 yanvar kuni “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024 yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlaridan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlari bekor qilinadi. 

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026 yil 1 yanvargacha “tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • 2026 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy; 
  • 2027 yil 1 yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari uchun – majburiy;
  • 2028 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
31
0
xs.uz

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Quyidagilar tasdiqlandi:● shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; ● shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi.'Shaffof qurilish' milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.Shaharsozlik sohasidagi nizo

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil

25 Sep 13:14
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi oʻzgardi

Saidikrom Niyozxoʻjayev Oʻzbekistonning Qirgʻiz Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo AA' xabar berdi.Qayd etish kerakki, Niyozxoʻjayev bungacha Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning qoʻshni diyordagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan.Niyozxoʻjayev 2024-yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻs

08 Sep 16:44
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat

Bugun, 5-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida elektrotexnika tarmogʻiga oid koʻp masalalar oʻz'yechimini topdi. Masalan, faktoringdan eng koʻp foydalanuvchi ham elektrotexnika korxonalari. Yil yakunigacha sohaga kamida 30 million dollarlik faktoring uchun resurs jalb qilinadi.Hozirda tashqi qarz hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda chetdan kirayotgan tovarlar bojxona boji va QQSdan ozod qilingan. Lekin bu loyihalar