calendar 11 Jan 19:10
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Interpol qidirayotgan ikki o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

image

O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatida gumonlanib, Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan qidiruvga berilgan ikki ayol – Dilnoza Umarova va Mavluda O‘lmasova Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoyaning ma’lum qilishicha, Istanbulda o‘tkazilgan “Qafas-30” operatsiyasi chog‘ida Interpol tomonidan qizil bildirishnoma va 6 davlat tomonidan qidiruvga berilgan 10 kishi qo‘lga olingan.

Unga ko‘ra, Istanbul politsiya boshqarmasi Immigratsion kontrabanda bo‘limi tomonidan 46 guruh va 117 xodim ishtirokida Eron, Janubiy Koreya, Suriya, Xitoy, O‘zbekiston va Shveysariya tomonidan Interpol qizil bildirishnomasi chiqarilgan 10 kishiga qarshi “Qafas-30” operatsiyasi o‘tkazilgan. 

Unda Shveysariyada firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Tayguo Liu, Eronda firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Paria Gasemi, pul yuvishda ayblangan Omid Alaghi, firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Reza Faxr Attar, firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Edris Moradi, Janubiy Koreyada qimor o‘ynagani uchun qidiruvda bo‘lgan Taye Yong Sung, Suriyaga muhojirlar kontrabandasi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan Ali Abouyeg, Xitoyda muhojir kontrabandasi uchun qidiruvda bo‘lgan Xin An, O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullangan Dilnoza Umarova va Mavluda O‘lmasova qo‘lga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida qidiruvga berilgan, xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Mirxanova Nilufar Abduraimovna Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati Ayvajik tumanida ushlangan edi. 

Ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida bir qancha jinoyatlar sodir etib qidiruvga berilgan yana 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingani ochiqlandi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
584
0
xs.uz

Shakarga aksiz toʻlovi bekor qilinadi

Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida'eʼtibor qaratdi.'Mahalliy korxonalarimizga yoʻl ochib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur', dedi davlat rahbari.Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sunʼiy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻrnini zaiflashtirayotgani koʻrsatib oʻtildi.Masalan, oʻzimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzla

04 Apr 16:19
 
63
0
xs.uz

Sammit doirasida Qozogʻiston va Oʻzbekiston prezidentlari uchrashuv oʻtkazdi

O'zbekiston-Qozog'iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini ikki davlat rahbarlarining yaqinda Olmaota shahrida bo'lib o'tgan norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboshlashni ko'paytirish, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni, shu jumladan hududlar darajasida ilgari surish bo'yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko'rishi

31 May 08:49
 
5
0
xs.uz

Toshkentdagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol musobaqasi doirasida raqib jamoalar oʻzaro janjallashib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani 'Jar' oʻyingohida 'LikeCup' loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Oʻyin yakunlanganidan soʻng 21 yoshli O.Oʻ. ijtimoiy tarmo

31 May 08:49
 
17
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon toʻlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-may kungi yigʻilishida 'Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida'gi qonun loyihasi'muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy n