Ayni kunlarda ham barchamiz Vatan, xalq va armiya bir-biriga naqadar yaqin va mushtarakligini yaqqol his etyapmiz. Muhtaram yurtboshimizning ana shunday tamoyillar asosidagi xalq va armiya ' bir tanu bir jon degan ulugʻvor gʻoya va amaliy harakat archa boʻgʻindagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniy tashkilotlari, taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda.
Shu maʼnoda, bu yildan Prezidentimizning tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi muassisligida 'Xalq va armiya ' bir tanu bir jon' ilmiy-amaliy va ommabop jurnali nashr etila boshladi.
Jurnalning asosiy maqsadlaridan biri ona xalqimizni milliy armiyamiz faoliyati, erishayotgan yutuqlari bilan tanishtirib borishdan iborat. Bu yildan nashr etila boshlagan jurnalning ilk sahifalarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Vatan, xalq va armiya mushtarakligi borasidagi fikrlari, Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi chop etilgan.
Keyingi sahifalarda davlatimiz madhiyasi, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi hamda jurnal tashkil etilgani munosabati bilan ziyoli qatlam va harbiylarning yoʻllangan tabriklari, dil izhorlari, fikr-mulohazalari, turli mavzudagi maqolalar berilgan.
Jurnalga taqdim etilgan maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida hamda lotin, kirill yozuvida chop etiladi.
Aminmizki, ushbu yangi nashr haqiqatda xalqimizni armiyamizga, armiyamizni esa xalqimizga yaqinlashtiradi.
'Xalq soʻzi'.
Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m
Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi – Alisher Qodirov
Deputat Alisher Qodirov yashil energetikaning istiqbollari haqidagi postida gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini bildirdi. 'Milliy tiklanish' partiyasi rahbari bu haqda oʻzining 'Telegram' kanalida yozib qoldirgan.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin', ' deydi deputat.Bundan tashqari, partiya ra
Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
Prezidentning 2025-yil 25-yanvardagi qaroriga koʻra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Ushbu universitet xalqaro standartlarga mos oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish maqsadida faoliyat yuritadi. Universitetning tashkil etilishi taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Universitetning asosiy yoʻnalishlari muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari, sogʻliq
Bilarmidingiz: surunkali kasalliklar bilan ogʻriyotgan bemorga ayrim dori vositalari bepul tarqatiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 'Ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida' qaror qabul qilgan.Unga muvofiq, ambulator sharoitda surunkali kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dori vositalari xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Bu dori vositalari oilaviy shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida bemorlarga bepul taqdim