calendar 08 Sep 16:44
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining faoliyatini tubdan oʻzgartiriladi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda tarmoq rahbarlari va hokimlarga yirik korxonalar bilan cheklanmasdan, sohadagi barcha tadbirkor bilan ishlashni oʻrganishi kerakligi koʻrsatib'oʻtildi.

Shu bois 'Oʻzeltexsanoat' uyushmasining faoliyatini tubdan oʻzgartirish lozimligi taʼkidlandi.

Xususan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan tovarlarni aniqlash, ular boʻyicha loyiha qilib, tadbirkorlarga berish; sohadagi standartlarni xalqaro talablarga moslab, tadbirkorlarga joriy qilish va sertifikat olishda koʻmaklashish uyushmaning asosiy vazifalari boʻlishi zarur.

Shuningdek, injener-texnolog va oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash boʻyicha oliygoh va texnikumlarga buyurtma berish, ularning dasturlarini birgalikda ishlab chiqish; mahalliy korxonalardagi istiqbolli mutaxassislarni xorijiy ilgʻor kompaniyalarga stajirovkaga joʻnatish uyushma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻlishi lozim.

Prezident 'Oʻzeltexsanoat' uyushmasining unga yangi aʼzo boʻlganlardan 2-yil, aylanmasi 10 milliard soʻmdan kam korxonalardan esa umuman badal olmaslik, ularning mahsulotlarini 'Eltex Lab' laboratoriyasida bepul sinovdan oʻtkazish boʻyicha takliflarni qoʻllab'quvvatladi.

Elektrotexnika loyihalari uchun xorijdan 200 million dollar resurs jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.

Umuman, bu yil 85 ta loyiha doirasida sim karta, toʻlov kartasi, keng turdagi maishiy texnika, transformator, televizor, quyosh paneli va yoritish uskunalari, elektr skuterlar uchun akkumulyator, litiy batareyasi, lazer bilan kesish uskunalarini ishlab chiqarishni boshlash vazifasi qoʻyildi.

Soʻng davlatimiz rahbari soha vakillari va tadbirkorlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va'takliflarini eshitdi. Jumladan, muloqotda:

Davlatimiz rahbari tegishli vazirlik va idoralarga aytilgan fikr va masalalarni puxta oʻrganib, tegishli hujjatlar loyihalarini kiritish boʻyicha topshiriq berdi.

Yigʻilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarini hisobotlari tinglandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
48
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 23,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,51 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi