1994-yili Oʻzbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga toʻla huquqli aʼzo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amalga oshirib keladi.
Xalqaro tajribalarga tayanib 'Oʻzbekiston pochtasi' AJ pochta aloqasi tarmoqlarini modernizatsiyalash, xizmat turlari doirasini kengaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda obyektlarda pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatmoqda.
Xususan, 'Oʻzbekiston pochtasi' AJ Qoraqalpogʻiston filialida ham yuzlab xodimlar pochta joʻnatmalarini qabul qilish, ishlov berish, xat va hujjatlarni hamda davriy nashrlarni yetkazib berishda fidoyilik bilan xizmat qilayotir.
'Bayram va muhim sanalarda bizning ishimiz yanada qizgʻin boʻladi, ' deydi Nukus shahri pochta aloqa tarmogʻining almashish boʻlimi boshligʻi Genjabay Sultanov. ' Deyarli har kuni, agarda gazetalar shanba va yakshanba kunlari ham chop etilsa, oʻsha kunlari ham aeroportdan bosma nashrlarni qabul qilib, shu yerda shahar va tumanlar kesimida taqsimlab, shu kunning oʻzida tumanlarga joʻnatmalar yetkaziladi. Boʻlimimizda 14 nafar xodim ishlayotgan boʻlsa, joʻnatmalarni manziliga yetkazishda 5 ta avtotransport vositalari xizmatidan samarali foydalanib kelmoqdamiz.
Qoraqalpogʻistondagi tumanlar oraligʻi, umuman masofalar olisligi, shuningdek, eski xizmat mashinalari joʻnatmalarni manziliga yetkazish vaqtini maʼlum darajada oshirar edi. Keyingi vaqtlarda joʻnatmalarni yetkazish uchun 4 ta yangi zamonaviy 'Volkswagen' avtotransporti ajratildi.
'Oʻzbekiston pochtasi' AJ Qoraqalpogʻiston filiali Nukus shahri pochta aloqa tarmogʻi almashish boʻlimining tumanlararo pochta kuzatuvchilari Maxmud Kalbayev, Anvar Allayarov va Sadatdiyn Bekimbetovlarning kundalik nashrlarni, xususan, 'Xalq soʻzi' gazetasining tumanlardagi mushtariylarga oʻz vaqtida yetib borishida xizmatlari katta boʻlayotir.
Biz pochta xizmatlarida ishlovchi barcha xodimlarni 9-oktyabr ' Butunjahon pochta kuni bilan samimiy qutlaymiz.
Eron va Isroil rasmiylari bayonot berishdi
'Sionistik rejim (Isroil) oʻz jinoyati oqibatlaridan omon qolmaydi. Eron xalqi bizning javobimiz toʻliq boʻlishiga amin boʻlishi kerak', ' degan Xomanaiy.Shuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Israel Katz ham bayonot berib, 'Eron qizil chiziqni kesib oʻtdi' deya taʼkidladi.'Eron Isroildagi tinch aholi punktlariga raketa zarbalarini berishga jurʼat etganda qizil chiziqlarni kesib oʻtdi. Biz Isroil fuqarolarini himoya qilishda davom etamiz va Oyatulloh rejimi oʻzining jinoiy harakatlari uchun
Oyoq ostidagi neʼmat
Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m
Shavkat Mirziyoyev YXHTning amaldagi raisini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenni qabul qildi.Suhbat avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Oʻzbekiston bilan EXHT oʻrtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda Oʻzbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish m
Obod mahallada obod koʻngil boʻladi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Bugun mamlakatimizda mahallalar qiyofasi yangilanib bormoqda. Koʻp qavatli uylar, koʻcha va yoʻlaklar taʼmirlanib, hududlar obodonlashtirilmoqda. Davlatimiz rahbari qaysi viloyatga tashrif buyurmasin, uyma-uy yurib har bir oilaning talab-istaklarini oʻrganish, muammosi boʻlsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini taʼkidlamoqda. Bu yerdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi oʻzga