calendar 14 Jul 15:20
eye 54
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar kelmoqda

image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga 9-iyul kuni boʻlib oʻtgan muddatidan ilgari saylovdagi ishonchli gʻalabasi va lavozimiga kirishgani munosabati bilan xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumat yetakchilari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Xorijiy hamkorlar qayd etganidek, tomonidan mamlakatimizda oʻtgan umumxalq saylovi Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha ortga qaytmas islohotlar dasturi hamda davlatimiz xalqaro nufuzini oshirish borasidagi saʼy-harakatlar xalqimiz tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotganining navbatdagi tasdigʻi boʻldi. 

Qutlovlarda mamlakatimiz bilan doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga intilish qatʼiy ekani alohida taʼkidlanib, Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

 

Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

Qatar Amiri Davlati Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy,

Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu,

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy,

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif,

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq,

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol,

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,

Vengriya Prezidenti Katalin Novak,

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban,

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub,

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

Qatar Davlati Amiri oʻrinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad Ol Soniy,

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi bosh kotibi Sergey Lebedev,

Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili,

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi Mixail Myasnikovich,

Koʻrfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy,

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Lisyun.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
65
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin

18 Apr 11:07
 
34
0
xs.uz

Erkalatsa otasi, boshga chiqar bolasi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Farzandini suymagan inson yoʻq. Biroq uni haddan ziyod erkalatishning foydasidan zarari koʻproq. Buni yaqinla Namanganda 16 yoshli qizning avtomashina ruliga oʻtirishi oqibatida roʻy bergan fojia yana bir bor tasdiqladi.Gap shundaki, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro 'Spark' rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yoʻq qiziga ishonib topshiradi. Rulga qizi yonidagi old oʻrindiqqa esa oʻzi oʻtiradi. Bu paytda or

16 Apr 15:12
 
27
0
xs.uz

“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag

20 Mar 12:54
 
59
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir