Oʻzbekiston delegatsiyasi Yevroosiyo guruhining 38-Yalpi haftaligida ishtirok etmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish” Strategiyasida belgilangan vazifalar doirasida Bosh prokuratura huzuridagi Departament delegatsiyasi joriy yilning 4-9-iyun kunlari Olmaota shahrida (Qozogʻiston) boʻlib oʻtayotgan Yevroosiyo guruhining 38-Yalpi haftaligida ishtirok etmoqda.
Mazkur haftalik davomida Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash sohadagi 1-taraqqiyot hisobotini muhokama qilish hamda tasdiqlash kun tartibidagi muhim masalalardan biri sifatida belgilangan.
Xalqaro tadbirda 20 ta davlatdan (Armaniston, AQSH, BAA, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Lyuksemburg, Moʻgʻuliston, Rossiya Federatsiyasi Serbiya, Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Xitoy, Hindiston va boshqalar) tashrif buyurgan 250 dan ortiq vakillar hamda bir qator xalqaro tashkilotlar (OTB, MDH ATM, YEOTB, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, BMT, YEXHT va boshqalar) ekspertlari ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Yevroosiyo guruhi Yalpi haftaligidagi ishtiroki davom etmoqda.
Hisor geologiya ekspeditsiyasi 2025-yilda oltin va boshqa foydali qazilmalarni aniqlash boʻyicha faoliyatini kengaytirmoqda (+Fotoreportaj)
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida ' Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining togʻli hududlarida geologik izlanishlar olib borib, foydali qazilmalar boʻyicha muhim natijalarga erishmoqda. Ekspeditsiya faoliyati davomida bir qancha maʼdanli va nomaʼdan konlar topilgan, ularning zaxiralari aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga topshirilgan. 2025-yil uchun jami 24 ta loyiha doirasida geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.Qash
Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu
Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo
“Sharaf yorligʻi”: ota-onalar mehnatining oʻziga xos eʼtirofi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan 'Dolzarb 90 kun' tadbirlari doirasida 'Sharaf yorligʻi' loyihasi amalga oshirilayotir. Ushbu loyihaga koʻra eng faol, namunali, tashabbuskor talabalarning uylariga 'Ushbu xonadonda Guliston davlat universitetining eng namunali talabasini tarbiyalagan muhtaram ota-ona istiqomat qiladi' degan mazmundagi 'Sharaf yorligʻi' oʻrnatilmoqda.' Talabaning har jih