calendar 03 Jun 10:21
eye 73
comments 0
comments Manba: xs

Samarqandda elektrobuslar xizmat koʻrsatishni boshladi

image

Foto: «Xalq soʻzi»

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahriga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Yashil shahar” loyihasi doirasida Xitoyda ishlab chiqarilgan 75 yoʻlovchi sigʻimiga ega boʻlgan 100 ta elektrobuslar olib kelinishi belgilangan edi. Shu kunlarda dastlabki 6 ta elektroavtobuslar shahar yoʻnalishlarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshladi.

Yoʻlovchilarning eʼtirof etishicha, elektrobus shinam, qulay va atrof-muhitga mutlaqo zararsiz boʻlib, “Aeroport-Temiryoʻl vokzali” manzillari boʻylab harakatlanmoqda. Elektrobusning tashqi va ichki dizayni ham juda koʻrkam.Unda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ham maxsus oʻrindiqlar alohida rang va belgilar bilan ajratib qoʻyilgani eʼtiborga loyiq. Ichki salon videokuzatuv kamerasi, avtomatik havo namligini saqlash va isitish tizimi bilan jihozlangan.

— Bugungi kunda elektrobuslarga vaqtinchalik avtosaroy tashkil qilingan, — deydi Samarqand viloyat transport boshqarmasi boshligʻi Akobir Ashurov. — Quvvatlantirish uskunalari yordamida elektorobuslar 4 soatda belgilangan quvvatni oladi va kun davomida 300-350 kilometr masofada harakatlanadi.

Taʼkidlash oʻrinliki, keyingi yillarda yurtimizda tabiat, atrof-muhitni zararli moddalar taʼsiridan asrash maqsadida “yashil energetika”ga oʻtish eng maqbul yechimlardan biri sifatida belgilangan.

— Har kuni jamoat transportidan foydalanaman, — deydi Samandar Qoʻshoqov. — Xalqimizga bu kabi zamonaviy elektorobuslar xizmat koʻrsata boshlaganidan behad mamnunman.

Samarqand — turizm shahri. Xorijdan keladigan sayyohu mehmon borki, shahardagi oʻzgarishlar, koʻrkam koʻrinishlar, muqaddas qadamjolarni eʼtirof etish bilan birga, endilikda jamoat transportidagi bunday qulayliklardan ham mamnun boʻlishi shubhasiz.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
41
0
xs.uz

Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist

Respublika Milliy matbuot markazida mahoratli jurnalist Said Rahmonovning 'Oltin meros press' nashriyotida chop etilgan 'Hamohanglik' kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur kitobga kiritilgan 35 ga yaqin maqolalar fermerlarning bugungi ishlari va tashvishlari, ularning yutuqlari, oilaviy koʻp tarmoqli korxonalarning izdoshlari va vorislari, oʻzi mustahkam oyoqqa turgan gʻayratli va gʻamxoʻr odamlar haqida hikoya qiladi. Har bir qahramoni nafaqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma

18 Jun 21:55
 
20
0
xs.uz

Ikki tanlovning respublika bosqichi Samarqandda oʻtkazilyapti

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqandda 'Turon' maktab teatri' va 'Iqtidor maktab ansambli' tanlovlarining respublika bosqichiga start berildi. Har ikkala tanlovda uning quyi bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 28 jamoaning 300 nafar aʼzosi ishtirok etmoqda.Dastlab Registon maydonida tadbirning ochilish marosimi, '3D shou' namoyishi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng Samarqand viloyat musiqali drama teatrida 'Turon' maktab teatri' tanlovining respublika bosqichi boshlandi. 14 ta ja

18 Jun 21:55
 
26
0
xs.uz

Urgut tumani sudining raisi avtohalokat oqibatida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamovning avtohalokatga uchrab vafot etgani'toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot berdi.Bildirilishicha, 2025-yil 17-iyun kuni soat 20:30 larda Urgut tumani Bogʻishamol mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-47 avtomobil yoʻlining 61 kilometrida 'Kamaz- 53212' rusumli yuk