calendar 28 Apr 12:21
eye 66
comments 0
comments Manba: xs

Yurtimizda davlat-xususiy sheriklik asosida yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

image

Poytaxtimizda Cogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston reproduktiv tibbiyot assotsiatsiyasining “Reproduktiv texnologiyalar – yangi hayotga yoʻl” mavzusidagi I kongressi ish boshladi.

Anjumanda dunyoning 15 ta davlatidan qariyb 100 nafar olimlar, ekspertlar va investorlar ishtirok etmoqda.

Taʼkidlash lozimki, yurtimizda sogʻliqni saqlash tizimini tubdan isloh etish va uning rivojini yangi bosqichga koʻtarish, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Yurtimizda mazkur yoʻnalishda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan birga, 62 ta perinatal markaz, 14 ta skrining va reproduktiv salomatlik markazlari, shahar va tumanlarda 400 dan ziyod tugʻuruq va bolalar muassasalari xizmat koʻrsatmoqda.

Tadbirda soʻzga chiqqan Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektor ulushi yildan yilga ortib borayotganini eʼtirof etdi.

— Ilgari reproduktiv tibbiyot yoʻnalishida davlat va xususiy sektor hamkorligi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan edi, — dedi vazir. — Vaholanki, bugun yurtimizda akusherlik va ginekologiya, pediatriya, reproduktologiya boʻyicha 1500 dan ziyod xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.

Xususan, yordamchi reproduktiv texnologiyalar asosida xizmat koʻrsatuvchi 10 dan ziyod klinikalarning 6 tasi chet el investorlari ishtirokida tashkil qilingan.

Biz kelgusida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, sohaga investitsiyalarni yanada keng jalb qilish maqsadida 15 ta perinatal markaz va 3 ta respublika darajasidagi tugʻuruq muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosida “Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazlari”ni tashkil etmoqchimiz.

A.Inoyatov soʻzini davom ettirib, xalqaro vakillar va mahalliy mutaxassislarga oʻzaro hamkorlik boʻyicha qator takliflar bildirdi.

Jumladan, xususiy tugʻuruq komplekslarini barpo etishga chaqirib, u yerda koʻrsatilgan xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishiga kafolat berilishini taʼkidladi.

Kongressda klinik reproduktologiya, andrologiya, embronologiya va reproduktiv genetikaning asosiy masalalari plenar va seksiya yigʻilishlari, mahorat maktablari, trening va davra suhbatlarida onlayn va oflayn tarzda muhokama qilinmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
55
0
xs.uz

“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida 'Tamaddunlar kesishgan makon' nomli hujjatli filmni tayyorlash ko'zda tutilmoqda.Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan,

31 May 08:49
 
27
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

13 Jun 00:38
 
49
0
xs.uz

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga olganlarga pul mukofoti beriladi

2025-yil 7-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qaroriga asosan 'Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqida'gi nizom tasdiqlandi.Nizomga koʻra, fuqarolar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 74-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan qoidalarni buzish holatlarini videotexnika vositalari orqal

04 Jun 02:44
 
22
0
xs.uz

Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist

Respublika Milliy matbuot markazida mahoratli jurnalist Said Rahmonovning 'Oltin meros press' nashriyotida chop etilgan 'Hamohanglik' kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur kitobga kiritilgan 35 ga yaqin maqolalar fermerlarning bugungi ishlari va tashvishlari, ularning yutuqlari, oilaviy koʻp tarmoqli korxonalarning izdoshlari va vorislari, oʻzi mustahkam oyoqqa turgan gʻayratli va gʻamxoʻr odamlar haqida hikoya qiladi. Har bir qahramoni nafaqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining