Umumtaʼlim maktab oʻquvchilarining oʻquv yuklamalari kamaytirildi


Foto: Illustrativ surat
Umumtaʼlim maktab oʻquvchilarining oʻquv yuklamalari kamaytirilganligi haqida Sanepidxizmat
matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, umumtaʼlim maktablarida taʼlim sharoitlari va tashkil etilishiga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablariga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchada haftalik oʻquv yuklamasining maksimal darajasiga boʻlgan gigiyenik talablar belgilandi.
Talablar quyidagicha:
1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.
2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi);
5 — 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak;
10 — 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak;
Bir yil davomida oʻquv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.
31-may kuni harorat 37 darajagacha isiydi
'Oʻzgidromet' 31-may kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat
Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi
Toshkentdagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda futbol musobaqasi doirasida raqib jamoalar oʻzaro janjallashib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani 'Jar' oʻyingohida 'LikeCup' loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Oʻyin yakunlanganidan soʻng 21 yoshli O.Oʻ. ijtimoiy tarmo
Fargʻonada “Malibu-2” kanalga tushib ketdi
'Katta Fargʻona' tushib ketgan avtomashina qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi, deb'xabar bermoqda'Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.Qayd etilishicha, kecha, 29-iyun kuni soat 15:40 larda Fargʻona viloyati Rishton tumani 'Zohidon' MFY hududidan oqib oʻtuvchi 'Katta Fargʻona' kanaliga 'Malibu-2' rusumli avtomobil haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.Holat yuzasidan tuman FVBga xabar kelib tushgach, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib bor