Qayd etilishicha, kecha, 29-iyun kuni soat 15:40 larda Fargʻona viloyati Rishton tumani 'Zohidon' MFY hududidan oqib oʻtuvchi 'Katta Fargʻona' kanaliga 'Malibu-2' rusumli avtomobil haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.
Holat yuzasidan tuman FVBga xabar kelib tushgach, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. Ular maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobilni kanaldan olib chiqqan.
Avtomobilda haydovchining oʻzi boʻlgan, unga hech qanday tan jarohati yetmagan.
Boʻstonliqda nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida “Maftunkor ranglar jilosi – 2025” nomli respublika tanlovi oʻtkazildi — Fotoreportaj
Joriy yilning 28-iyun kuni Boʻstonliq tumanidagi 'Olmos' dam olish maskanida 'Biz birgamiz!' ijtimoiy loyihasi doirasida 7-17 yoshdagi nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida 'Maftunkor ranglar jilosi ' 2025' nomli respublika tanlovi boʻlib oʻtdi.Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hamkorligida va Mirabror Usmonov nomidagi Xalqaro xayriya jamoat fondi koʻmag
Oʻzbekiston hududiga juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda — FVV
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, 2-iyul kuni Oʻzbekistonning shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida, 3-5-iyulda respublika hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-46 darajagacha koʻtariladi.Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 3-5-iyulda ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.Shu oʻrinda Favqulod
3 nafar qizni fohishalik qilishi uchun Tailandga yubormoqchi boʻlgan 53 yoshli ayol ushlandi
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahrida yashovchi ayol jinoiy guruh tuzib, moddiy jihatdan qiynalgan qizlarni moʻmay daromad topishga ishontirgan. U qizlarni fohishalik va qoʻshmachilik qilish uchun Tailandga joʻnatib, ulardan foydalangan holda shahvoniy ekspluatatsiya qilishni reja qilgani haqida maʼlumot olingan.Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 53 yoshli ayol 3 nafar fuqaroni Tailandga joʻnatmoqchi boʻlgan vaqtid
Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Bugun, 14-iyun kuni poytaxtimizdagi 'Xalqlar doʻstligi' sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 'Bitiruvchi ' 2025' tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. 'Xalq soʻzi' muxbiri mazkur tadbirning eng esda qolarli lahzalarni kamera obyektiviga muhrladi.Ushbu voqelik mamlakatimizdagi tibbiyot sohasini yangi avlod shifokorlari bilan toʻldirishga bagʻishlanganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay