calendar 24 Nov 14:31
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir

Baku Armanistonni Qorabog'da har qadamni minalashda aybladi

image
image

Baku yana Armanistonni vaziyatni normallashtirish jarayoni va mintaqada tinchlik o'rnatish harakatlariga to'sqinlik qilayotganlikda aybladi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi (TIV) ning mamlakatda davom etayotgan mina xavfi bilan bog'liq bayonotida aytiladi. 

Vazirlikning eslatishicha, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi maʻlumotlariga ko'ra, 21 noyabr kuni Ozarbayjonning Lochin viloyatidagi Saribaba balandligining shimoliy yo'nalishida PMN-E tipidagi 350 ta piyodalarga qarshi minalar topilgan. Mudofaa vazirligi maʻlumotlariga ko'ra, minalar 2021 yilda Armanistonda ishlab chiqarilgan va hali Ozarbayjon hududidan chiqmagan Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan o'rnatilgan. 

TIV joriy yilning avgust oyidan buyon Armaniston-Ozarbayjon chegarasining Kalbajar va Lochin yo'nalishlarida 1119 ta, Qorabog' iqtisodiy rayoni hududida 1609 ta mina topilgani va zararsizlantirilganini taʻkidladi. 

"Bularning barchasi Armaniston 2020 yil 10 noyabrdagi uch tomonlama bayonotning 4-bandiga zid ravishda o'z qurolli tuzilmalarini Ozarbayjon hududidan to'liq olib chiqmaganligini yana bir bor ko'rsatadi", deya taʻkidlaydi TIV. 

Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Armanistonni Ozarbayjonga qarshi noqonuniy faoliyat va provokatsiyalar uchun Lochin koridoridan foydalanganlikda aybladi. Vazirlikning qayd etishicha, minalar Ozarbayjon hududiga Lochin yo'lagi orqali olib o'tiladi va bu, o'z navbatida, uch tomonlama bayonot 6-bandining jiddiy buzilishi hisoblanadi. 

Armaniston tomonidan davom etayotgan provokatsiyalar mintaqada keng ko'lamli tiklash va qurilish ishlariga, ushbu hududlarda yashovchi tinch aholi xavfsizligiga, sobiq ichki ko'chirilganlarni o'z vatanlariga qaytarish jarayoniga tahdid solmoqda. 

TIV maʻlumotlariga ko'ra, 2020 yilda ikkinchi Qorabog' urushi tugaganidan beri 268 Ozarbayjon fuqarosi minalardan jabr ko'rgan, 45 kishi halok bo'lgan, ulardan 3 nafari jurnalist va 35 nafari tinch aholi vakillari. 

"Bularning barchasi Armanistonning mintaqada tinchlik o'rnatish yo'lidagi saʻy-harakatlari va normallashuv jarayoniga to'sqinlik qilayotganini yana bir bor ko'rsatmoqda. Armanistonning bunday harakatlari urush jinoyati, xalqaro gumanitar huquq va uch tomonlama bayonot bo'yicha o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni jiddiy buzish hisoblanadi", deya taʻkidlagan Tashqi ishlar vazirligi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
492
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

08 Jun 02:27
 
35
0
xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch

17 May 21:47
 
79
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

17 May 21:47
 
72
0
xs.uz

Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili