
Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olib qoʻyilgan tamaki mahsulotlarini keng jamoatchilik ishtirokida yoʻq qilish boʻyicha navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Davlat bojxona qoʻmitasining masʼul rahbar va xodimlari, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Majburiy ijro byurosi shahar boshqarmasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati bojxona boshqarmalarining tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda joriy yilda aniqlangan 4 ta holatda noqonuniy muomaladan olib qoʻyilgan va sud hukmiga koʻra yoʻq qilishi belgilangan, qiymati 297,4 million soʻmlik 34,2 ming quti tamaki mahsulotlari jamoatchilik guvohligida yoqib yuborildi.
Ushbu tamaki mahsulotlari quyidagi bojxona qonunbuzilishi holatlarida noqonuniy muomaladan olib qoʻyilib, sud hukmiga qadar vaqtincha saqlovga olingan edi. Jumladan, 2022-yil 30-mart kuni oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi Zangiota tumani hududida toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, yukxonada xorijda ishlab chiqarilgan va raqamli markirovka kodlariga ega boʻlmagan, qiymati 63 mln. soʻmlik 7 ming quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Joriy yilning 20 va 27-aprel kunlari poytaxtimizning Chilonzor tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda avvaldan kuzatuvga olingan shaxslardan biri muqaddam noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan va sifati kafolatlanmagan, qiymati 82,1 mln. soʻmlik 8,6 ming quti, yana bir shaxs esa 61,3 mln. soʻmlik 5,6 ming quti tamaki mahsulotlarini yuk mashinalariga ortayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.
21-iyul kuni Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan aniqlangan navbatdagi holatda esa bojxona xodimlarini chalgʻitish maqsadida qiymati 91 mln. soʻmlik 4 turdagi 13 ming quti tamaki mahsulotlari yuk mashinasidagi yogʻoch eshik romlari orasiga yashirilgani fosh qilindi.
Tamaki mahsulotlarini yoʻq qilish tadbiri doirasida jurnalistlar va blogerlar uchun brifing ham tashkil qilindi.
Brifingda Davlat bojxona qoʻmitasining Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi boshligʻi Akramjon Ahlimirzayev, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi Tolibjon Saidov va boshqalar ishtirok etdi.
Unda maʼlum qilinishicha, shu yilning 22-noyabr holatiga koʻra, respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi turli idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 314 ta (2021-yilning shu davrida 128 ta holat) huquqbuzarlik holatlarida qiymati salkam 19,2 milliard soʻmlik (2021-yilning shu davrida 17,5 mlrd. soʻm) 1 million 578 ming 346 quti (2021-yilning shu davrida 1 449 305 quti) tamaki mahsulotlari ushlab qolingan.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda, ushlab qolingan tamaki mahsulotlari 9 foizga koʻpaygan. Aniqlangan holatlarining 71 tasi boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.
Diqqat: Endi avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar “Road 24” ilovasi orqali tekshirilmaydi
Endilikda haydovchilar shaxsiy avtotransport vositalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni 'Road 24' mobil ilovasi orqali bila olmaydilar. Bu haqida YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshov maʼlum qildi.Bildirilishicha, 'Road 24' mobil ilovasi hamda YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.Shuningdek, endilikda haydovchilardan 'Safe Road YHXX' ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili
Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant
Misrda Mahmud Koshg‘ariyning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endDevonu lug‘otit turkhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end asari arab alifbosida qayta chop etildi
Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi ma'lum qildi.Xabarga ko'ra asarning qo'lyozma nusxasida turkiy so'zlar bo'g'inlar va harflar soni asosida saralanganligi bois yosh tadqiqotchilar uchun qiyinchilik tug'dirayotgan edi. Ushbu noyob kitobning tizimlashtirilgan nashri O'zbekiston va boshqa turkiy hamda arab davlatlaridagi yirik universitetlar va kutubxonalarga yetkaziladi. Rangli qog'ozda chop etilgan kitob muqovasida Mahmud Koshg'ariyning dunyo xaritasi aks ettirilgan. Kitobxonlar mazkur asar tarj