calendar 24 Nov 09:21
eye 61
comments 0
comments Manba: xs

Obodlik koʻngillarga koʻchmoqda

image

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyatida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida roʻyobga chiqarilayotgan oʻzgarishlar chekka hududlarda yashovchi aholi hayotida chin maʼnoda yangi sahifa ochmoqda.

— 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahallamiz Andijon viloyatining eng chekka hududlaridan biri boʻlib, Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh, — deydi Paxtaobod tumani “Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Shohida Soliyeva. — Tan olish kerak, avval sharoitlarimiz yaxshi emas edi. Koʻchalarimiz oxirgi marta qachon taʼmirlanganini eslay olmaymiz. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi taʼminotidagi uzilishlar hayot tarzimizni izdan chiqarib yuborgandi. Aholi imkon axtarib, muqobil turlardan foydalanishga majbur boʻlardi. Endi esa bu muammolar ortda qolmoqda. Mahallamizda 270 ta simyogʻochni almashtirish, mavjud ichki yoʻllarni asfaltlash, 2 ta suv qudugʻini taʼmirlash va yangi quduqni ishga tushirish, 17 km masofaga suv quvurini tortish ishlari boshlab yuborildi.

Bu yerda “Obod qishloq” dasturiga muvofiq zamonaviy ijtimoiy obyektlarni qurish va taʼmirlash ishlari ham amalga oshirilmoqda. 27-umumtaʼlim maktabi, qishloq vrachlik punkti, mahalla idorasida bunyodkorlik ishlari avjida.

— Maktabimiz 900 oʻrinli boʻlib, taʼmirtalab boʻlib qolgandi, — deydi 27-umumtaʼlim maktabi direktori Abduvahob Qodirov. — Qolaversa, oʻquvchilar sonining ortishi tufayli yangi oʻquv binosiga ehtiyojimiz bor edi. “Obod qishloq” dasturiga koʻra maktabimizda qayta taʼmirlash va 90 oʻrinli qoʻshimcha binoni qurishga kirishildi. Buning uchun 5 mlrd. soʻmlik loyiha ishlab chiqilgan boʻlib, hozirda binoda pardozlash ishlari ketyapti. Tez kunlarda oʻquvchilarimiz har tomonlama qulay sharoitga ega boʻlgan sinfxonalarda oʻqish, sportning oʻnlab turi bilan shugʻullanishlari mumkin. Oshxona, kutubxona va fan toʻgaraklari uchun maxsus xonalarda barcha sharoitlar yaratilyapti.

Paxtaobod tuman hokimi oʻrinbosari Zafarbek Fozilovning aytishicha, joriy yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 9 ta yoʻnalish boʻyicha 26,11 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga tumanning 2 ta mahallasida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bajarilyapti. Bu mahallalarning kun sayin chiroy ochib, obod manzillarga aylanayotgani ularda yashovchi insonlarning turmush tarzi yaxshilanib borayotganida oʻz inʼikosini topayotir.

 

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
174
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma