Qoraqalpogʻistondagi amaliy natijalarini ushbu diyorda yashayotgan har bir inson bugun oʻz hayotida his etmoqda — Prezident


Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uchrashuv oʻtkazmoqda. Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz va Joʻqorgʻi Kenges deputatlariga murojaat qildi.
«Hurmatli deputatlar va Qoraqalpogʻiston ahli!
Maʼlumki, keyingi yillarda biz sizlar bilan birgalikda Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdik. Ularning amaliy natijalarini ushbu diyorda yashayotgan har bir inson bugun oʻz hayotida his etmoqda.
Oxirgi besh yilda hududning mahalliy byudjetiga qariyb 11 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish boʻyicha muhim dasturlar izchil amalga oshirilmoqda. Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “temir daftar”ga kiritilgan 65 mingga yaqin oilaga, 16 yoshgacha bolalikdan nogiron aʼzosi boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan 17 ming oilaga moddiy yordam koʻrsatildi.
Birgina 2020-yil yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻistonda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi daromad 3 barobarga oshdi. Soʻnggi besh yilda qurilish ishlari hajmi 3,5-marta oʻsdi. Oʻnlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy agroklasterlar, qoʻshma korxonalar ishga tushirildi. Respublikada minglab yangi obyektlar barpo etildi, rekonstruksiya qilindi va taʼmirlandi. Jumladan, koʻplab bolalar bogʻchalari, umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablar, oliygohlar, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sport maskanlari foydalanishga topshirildi.
Bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2017-yildagi 32 foizdan 75 foizga yetdi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan taʼminlash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari holatini yaxshilash boʻyicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, hududni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ham faol ish olib borilmoqda. Xususan, bir paytlar nochor ahvolga tushib qolgan Moʻynoq bugun butunlay yangicha qiyofa kasb etib, jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy tumanlardan biriga aylandi».
Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu
Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo
Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor
Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma