calendar 05 Nov 06:10
eye 113
comments 0
comments Manba: daryo

Lo‘li Maryam obrazini tortib olishganida kasal bo‘lib qolgani, tirikchilik uchun saviyasiz seriallarda o‘ynayotgani, rejissorlar bilan ko‘p urishishi haqida Elmira Rahimjonova bilan intervyu (video)

image

Aktrisa Elmira Rahimjonova “Daryo”ga intervyu berdi. “Charxpalak” serialidagi lo‘li Maryam obrazi bilan elga tanilgan aktrisa intervyu davomida undan rolini olib qo‘yishganida betob bo‘lib qolgani, hamma aktrisalar badavlat emasligi hamda rejissorlar bilan ko‘pincha nima sababdan tortishishi haqida gapirdi.

Foto: “Daryo”

— Bu savolni ko‘p marta berishgan. Ammo hamisha aniq sababini bilmasligimni aytganman. Yaratganning o‘zi kechirsin-u, avvaldan bizda rejissor o‘zlarini Xudo deb bilishardi. Hozirgidek, rejissorlar bilan o‘z do‘stidek salom-alik qilinmasdi. Ularga aktyorlarning  hurmati, e’tibori nihoyatda yuqori bo‘lgan.

“Charxpalak” serialining birinchi mavsumidan keyin meni Sobir Nazarmuhammedov rejissorligidagi “Chayongul” filmiga taklif qilishdi. U plyonkaga muhrlanadigan film bo‘lgani uchun taklifni rad etolmadim. Rahmatli “Charxpalak” seriali rejissori Shavkat Junaydullayevning yoniga borib: “Katta kinoga chaqirishdi, meni plyonkaga olishar ekan. Ruxsat bering bir oyda qaytib kelaman”, deganimda rozi bo‘lgandi. Lekin men o‘shanda rejissorning nafsoniyatiga tegib qo‘yganimni bilmagandim. “Chayongul” filmining suratga olish ishlaridan qaytganimdan so‘ng lo‘li Maryam roli boshqa aktrisaga berilganini aytishdi. Roldan chetlatilishimga ayrimlar o‘ylagandek gonorar sabab bo‘lmagan.

Rolimni qizg‘onganimdan bir hafta kasal bo‘lib qolganman. Chunki rolni yaratish uchun borimni bergandim. Undan ayrilish menga og‘ir botgan.

Bundan tashqari, aktrisa nega keyingi paytlarda saviyasi u qadar yuqori bo‘lmagan seriallarda suratga tushayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

— Karantindan keyin iqtisodiy jihatdan qiynalib qoldim. Shu bois chap-o‘ng oyoqni tashlab bo‘lsa-da, seriallarda suratga tushishga majbur bo‘lyapman. Chunki biz ham bola-chaqamizni ob-havoga boqmaymiz-ku?! “O‘zbekkino” va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi balki aktyor va aktrisalarning yashash sharoiti haqida boshqacha tasavvurga egadir yoki ular faqat yaxshi yashaydigan aktyorlarni ko‘rishgandir. Ammo hammada sharoit bir xil emas.

Aktyor necha yil ishlashidan qat’i nazar u yashashi, bola-chaqasini boqishi kerak. Keyingi paytlarda “Aktyorlik kasb emas, hobbi bo‘lishi kerak. Har bir artistning hech bo‘lmaganda bitta restorani yoki do‘koni bo‘lishi kerak”, — degan gaplarni ham eshityapmiz. Baraka topgurlar, biz hali u darajaga yetganimiz yo‘q, — deydi aktrisa.

Shuningdek, aktrisa hozirgi rejissor va prodyuserlar bilan nima uchun tortishishi haqida ham gapirdi.

— Aslida hammasiga o‘zim aybdorman. Ba’zan o‘z prinsplarimdan voz kechganim uchun o‘zimni koyiyman.

Aktyor gonorar haqini aytishi bilan prodyuser yig‘lashni boshlaydi. Budjeti kamligini bilib, insoniylik yuzasidan rozi bo‘lasiz. Ammo ularni aktyorning sog‘lig‘i, qorni och-to‘qligi yoki rol uchun kiyimlari bor yo‘qligi qiziqtirmaydi. Bir epizod suratga olingandan keyin aktrisa dam olishi kerak, desangiz ko‘ziga yomon ko‘rinasiz. Axir biz ham odammiz, ammo ular ertaga kamroq xarajat qilish uchun 20 ta epizodni bir kunda olishga harakat qilishadi. Bu juda yomon va achinarli hol. Shu bois keyingi paytlarda pulingiz ham kerakmas, rolga chaqirmanglar, deydigan bo‘lganman, — deydi aktrisa Elmira Rahimjonova.

Elmira Rahimjonova bilan intervyuni to‘liqligicha quyida tomosha qilishingiz mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
38
0
xs.uz

Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam

Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.

31 May 08:51
 
235
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

31 May 08:51
 
24
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri

13 May 14:39
 
386
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini