Namanganda “Moskvich” urib ketishi oqibatida velosipedchi vafot etdi

Namangan shahrida “Moskvich” velosipedchini urib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 10-oktabr kuni soat 14:20 larda Namangan shahar “Nurafshon” MFY Uychi ko‘chasida Chortoq tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro “M-412” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan.
Shu tufayli u yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi, Chortoq tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda velosipedchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 10-oktabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga doir:
- Farg‘onada 4-oktabridan 11-oktabrigacha yuz bergan YTHlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
- Toshkent viloyatida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruvidagi “Jiguli” YTHga uchradi. Haydovchi shifoxonada vafot etgan
- Toshkentda YTH yuzaga keltirib, voqea joyidan qochib ketgan Spark topildi. Uni “prava”si bo‘lmagan ayol boshqargan
Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,20 soʻmga'oshib,'12 895,55 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'196,91 soʻmga'pastlab,'14 338,56 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,70 soʻmga'koʻtarildi va'159,38 soʻmni'tashkil qildi.
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.
Xitoy Oʻzbekistonga 3 oyda 680 mingga yaqin telefon sotdi
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar'mart oylarida xorijdan 885,8 ming dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.Keltirilgan telefonlarning umumiy qiymati 89,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Shu turdagi eng koʻp qurilma Xitoydan keltirilgan boʻlib, ularning umumiy soni 679,2 ming dona boʻlgan. Yirik import qiluvchilar orasida 2-oʻrinda 175,8 ming dona telefon bilan Vyetnam turibdi. 3-oʻrinni esa 15,5 mingta telefon bilan Birlashgan Arab Amirlik
Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,77 soʻmga'tushib,'12 910,15 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'40,10 soʻmga'oshib,'14 660,77 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,16 soʻmga'tushdi va'159,78 soʻmni'tashkil qildi.